www.ziyouz.com kutubxonasi
122
322. bob. Avval bo'lib o'tgan voqeani eslatish haqida 778. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) Ji'irronada Hunayn
g'azotidan tushgan o'ljalarni taqsimlayotgaylarida atroflariga (sahobiylar to'plandilar.
Shunda Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Alloh bir qulini o'z qavmiga (payg'ambar qilib)
yubordi. Qavmi uni yolg'on-chiga chiqardi va urib peshonasini yordi. U peshonasidan
oqayotgani qonini artib: "Allohim, qavmimni kechir, ular nima qilayotganlarini
tushunmayaptilar", degandi". Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Shunda men
Rasululloh (s.a.v.)ga qarab turib peshonasidan oqayotgan qonini artib turgan kishini
ko'rgandek bo'ldim".
Ji'irrona - Hunaysh mavzeidagi bir joy nomi, Hunayn mavzesi Hizoj viloyatida bo'lib, Makkai mukarrama yaqinida joylashgan 323-bob. Musulmon musulmonning aybini berkitishi haqida 779. Abul-Haysam aytdilar: "Uqba bin Omirning oddiga bir qavm kelib: "Bizning sharob
ichadigan va buzuq ishlarni qiladigan qo'ishilarimiz bor. Ularni imomga aytaylikmi?" -
deyishganida, u: "Yo'q, men Rasulullohning: "Bir musulmon aybini berkitgan kishi xuddi
tiriklayin ko'mib yuborilgan o'likni qabrdan tiriltirgan kabqtsir", deganlarini
eshitganman",
dedi".
"Imom" so'zining lug'aviy ma'nosi boshliq, rahbar. Shuning uchun o'sha davrda faqat diniy rahbarlarnigina imom deyilmay, ma'muriy rahbarlarni ham imom, deb ataganlar. 324-bob. "Odamlar halok bo'ldi, buzilib ketdi" deyish haqida 780. Abu Hurayra aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Kimning "odamlar buzilib ketdi
deyotganini eshidangiz, bilingki, o'shaning o'zi birinchi bo'lib buzilgandir", dedilar.
325-bob. Munofiqni "sayyid" demaslik haqida 781. Abdulloh ibn Burayda otalaridan rivoyat qildilar. Otalari aytdilar: Rasululloh
(s.a.v.): "Munofiq odamni, garchi u hurmatlirog'ingiz, ish boshingiz bo'lsa ham "sayyid"
demang, shunday desangiz Parvardigoringizning g'azabini duchor bo'lasiz", dedilar.