Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
126
so'rabdilar. U: "Alloh va falonchi", deb javob beribdi. Ibn Umar: "Unday demagin,
Alloxdan keyin falonchi degin", debdilar".
339-bob "Alloh va sen xohlasang" demaslik haqida
804. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasu-lulloh (s.a.v.)ga: "Alloh va siz
xohlasangiz", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Allohga meni barobar qilib qo'yding. Yagona
Allohning o'zi xohlaydi", deb uning gapini tuzatib qo'ydilar".
340-bob. Musiqa va ko'ngilxushlik haqida
805. Abdulloh ibn Dinor aytdilar: "Abdulloh ibn Umar bilan bozorga chikdik. Ashula
aytayotgan kichkina joriya oldidan o'gayotganda Ibn Umar: "Shayton agar birovni tark
qilsa, mana shuni tark qilgan bo'lardi". dedilar".
806. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Mening hech qanday o'yin-
ermakka, hech qaysi o'yinning menga aloqasi yo'q", dedilar. Ya'ni, botil narsalar bilan
mening hech qanday aloqam yo'q. Demoqchi bo'ldilar".
807. Ibn Abbos Alloh taoloning "Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular
bilimsizlik bilan (o'zgalarni) Alloh yo'lidan ozdirish uchun va u (yo'lni) masxara qilish
uchun behuda so'z(lar)ni sotib olurlar" (31:6), degan oyatidagi "behuda so'z" bu ashula
va shu kabilardir", deganlar.
808. Baro ibn Ozib aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Salomni yoyinglar va salomlashinglar,
asharot yomondir", dedilar. Hadis roviylaridan Abu Muoviya: "Asharot bu o'yin-kulgu,
ko'ngilxushliqdir", deb izohlaganlar.
809. Fuzola ibn Ubayddan rivoyat qilindi: Ko'pchilik to'planadigan bir joyda odamlar nard
o'ynayotganlarining xabari unga yetib keldi. U g'azab bilan turib, ularni bu ishdan
qatiyan man' qildi. So'ngra: "Nard qimoridan yeyish uchun uni o'ynaydigan odam xuddi
to'ng'iz go'shtini yegan va qon bilan yuvingan kabidir", dedi.
Dostları ilə paylaş: