348-bob. Dangasalikdan panoh so'ramoq haqida 824. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) ushbu duoni ko'p takror qilardilar:
"Parvardigoro! Sendan g'am-tashvishdan, ojizlikdan, baxtsizlikdan, dangasalikdan,
qo'rqoq-likdan, qarzning og'irligidan va kishilarning g'olib bo'lib ketishi-dan panoh
berishingni so'rayman".
349-bob. "Jonim senga fido bo'lsin" deyish haqida 825. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Abu Talha (r.a.) g'azot paytida Rasululloh
(s.a.v.)ning oldilarida tizzalab o'tirdida, o'q-yoyini sochib: "Yuzim-yuzinga qalqon, jonim
o'zingga qurbon", deb she'r o'qirdi.
826. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Baqiy qabristonining yonidan to'g'riga
ketayotgan edilar, men ham orqalaridan borardim. "Ey, Abu Zarr!" - dedilar menga
yuzlarini o'girib. "Labbay, ey Rasulalloh, amringizga muntazirman", dedim. "Mollarini
faqat boylik uchun ko'paytirganlar qiyomat kuni ajr ololmaydilar, mollarini ko'paytirib,
haq yo'lda sarf qilganlar bundan mustasnodir", dedi-lar. Men: "Alloh va uning rasuli buni
yaxshi biladi", dedim. Rasululloh (s.a.v.) bu so'zlarini uch karra takror qildilar. So'ngra
oldimizda Uhud tog'i ko'rindi. "Ey, Abu Zarr!" - dedilar Rasululloh (s.a.v.). "Jonim sizga
fido bo'lsin. ey, Rasulalloh, buyuring!" - dedim. "Uhud tog'ining Muhammad oilasi uchun
oltinga aylanishi yoki dinor - pul bo'lib qolishi meni baxtiyor qilmaydi", dedilar. So'ngra
bir vodiyga chiqqach, panaroq joyga burildilar. Men bir hojatlari bo'lsa kerak, deb bir
chetga borib o'tirdim. Rasululloh (s.a.v.) bir muddat o'tgach, og'ir-og'ir qadamlar bosib
men tarafga kela boshladilar. Ul zotning bunday qadam tashlashlaridan ajablandim.
Ajabki, bir odam bilan gaplashganday bir narsalar deb gapirib kelardilar. Nihoyat
boshlarini tik qilib to'g'ri oldimga keldilar. Men: "Ey, Rasulalloh, kim bilandir pichirlashib
gaplashdingiz shekilli?" - deb so'radim. "Buni sezdingmi?" - deb so'radilar Rasululloh
(s.a.v.). "Ha", dedim. "Ul zot Jabroil (a.s.) edilar, - deb javob berdilar Rasululloh
(s.a.v.). - Ummatlarimdan Allohga shirk keltirmagan mo'min jannatga tushadi, degan
xabarni yetkazib kelibdilar". "Zino qilsa ham, o'g'irlik qilsa hammi?" - deb so'radim.
"Ha", dedilar Rasululloh (s.a.v.).
Bu hadisdan zino va o'g'rilik kabi katta gunohlarni sodtsr ish mum-kin ekan, degan
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
129
ma'no chiqmaydi. Balki ul zot (s.a.v) bu hadisi shariflari orqali Allohga shirk keltiryup eig og'ir gunoh ekani, undan o'zga har qanday gunohni qilgan banda qayta qilmaslik sharti bilan tavba qilsa, Alloh kechirishi mumkinligini bildirmoqdalar. Umu-man, G'azzoliy kabi ulamolarning fikrlaricha, xoh kichik, xoh katta gunohlar uchun istig'vor aytish va qayta shu gunohni qilmaslikka qasd qilinsapsha uning kechirilshptsdan umid kdlish mumkin.