350 bob. "Ota-onam senga fido bo'lsin" deyish haqida 827. Hz. Ali (k.v.)aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Sa'd ibn Abu Vaqqosdan boshqa kishiga
"Ota-onam senga fido bo'lsin", deganlarini eshitmaganman. Ul zot Sa'dga: "Ot, Sa'd, ot,
ota-onam senga fido bo'lsin!" - degandilar".
Bu voqea Uhud jangi kuni bo'lgan edi. 828. Abdulloh ibn Burayda otasidan rivoyat qildi: Rasululloh (s.a.v.) masjidga
chiqqanlarida Abu Muso Qur'on o'qib o'tirgan edi. "Kim u?" - deb so'radilar Rasululloh
(s.a.v.). "Bu men, fidoyingiz bo'lay, yo Rasululloh, Buraydaman" - dedim. Shunda ul zot:
"Bu odamga oli Dovud (a.s.)ga berilgan xush ovoz ato qili-nibdi" - degan ekanlar.
351-bob. Otasi Islomga kirmagan kishiga "Ey, o'g'lim!" deyish haqida 829. Sa'd ibn Hakim otasidan, u esa bobosvdan rivoyat qildi: "Bobosi aytdi: Umar ibn
Xattobning oldilariga borganimda u kishi menga "Ey, birodarimning o'g'li!" - deb
murojaat qildilar. So'ngra nasabimni surishtirib, otam Islomga kirmaganini eshitgach:
"Ey, o'g'lim!" - deb murojaat qila boshladilar.
Hz. Umar (r.a.) uning otasi Islomga kirmaganini eshitib, birodarimning o'g'li, deb murojaat qilganliklaridan o'kindilar va musulmon kishini o'g'lim, deb atay boshladilar, Islomga kirmagan odam musulmonga birodar bo'la olmaydi. 830. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ga xizmat qilib yurgan
chog'larimda ruxsatsiz uylariga kirib-chiqib yuraverardim. Bir kuni uylariga kirganimda:
"Ey, o'g'lim! Bundan buyon zinhor ruxsat so'rab kirgin. Allohdan shunday amr keldi",
dedilar".
831. Rivoyat qilishlaricha, Abu Saqd Xudriy (r.a.) Abu Sa'asaning otasini "O'g'lim",
degan ekan.
352-bob. "Xabisat nafsiy" demaslik haqida 832. Hz. Oyisha (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini rivoyat qildilar:
"Sizlardan hech biringiz nafsim ifloslanadi demasin, aksincha, "Mi-jozim buzildi", desin".
Xabisat nafsiy - nafsim ifloslandi, degan ma'noda, laqisat nafsiy - nafsimning mizoji ma'nosida 833-hadis 832-hadisning takrori, faqatuAbu Umomadan rivoyat qilin-gan va bu hadisni ilk rivoyat qilgan Ukayl eslatib o'tiladi.