Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Silai rahm umrni ziyoda qilishi haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

28-bob. Silai rahm umrni ziyoda qilishi haqida 
56. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Rizqi keng va farovon bo’lishni va 
hayoti uzoqqa borishni yaxshi ko’radigan kishi qarindoshlaridan o’zini uzmasin", dedilar. 
28-bobdagi 57-hadis mazmuni aynan 56-hadis mazmuni bo’lib, u Abu Hurayra (r.a)dan 
rivoyat qilingan. Imom Muslim ham bu hadislarii naql qilgan. 
29-bob. Silai rahm qilgan kishini Alloh Sevadi 
58. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Kim Alloh taolodan qo’rqsa va qavm-
qarindoshlariga yondashsa, ajali ta'xir qilinadi, moli ko’payadi va ahli ayollari uni yaxshi 
ko’radigan bo’ladi". 
59-hadis mazmuni 58-hadisdagidek aynan yana Abdulloh ibn Umar (r.a.) dan rivoyat 
qilingan. 
30-bob. Yaxshilikni eng yaqin qarindoshdan boshlamoq kerakligi haqida 
60. Miqdom ibn Ma'di Karib (r.a.)dan rivoyat qilindi: U kishi Rasululloh (s.a.v.)dan 
eshitdilar: "Alloh taolo sizlarga onalaringizga yaxshilik qilishni buyurdi". Bu so’zni 
Rasululloh (s.a.v.) uch martaba takror qildilar. Keyin: "Otalaringizga va undan keyin 
yaqinroq bo’lgan qarindoshlaringizga ham yaxshilik qilishni buyurdi", dedilar. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
61. Hz. Usmon ibn Affon (r.a.)goshg ozod qilgan qullaridan Abu Ayyub Sulaymon (r.a.) 
aytdilar: "Abu Hurayra (r.a.) payshanbadan jum'aga o’tar kechasi bizga keldilarda, o’z 
qarindoshlariga yaqindan yondashmagan kishilar bizning oldimizdan albatta turib 
ketsinlar, dedilar. Lekin hech kim turmadi. Abu Hurayra (r.a.) bu so’zni uch martaba 
qaytarganlaridan keyin bir yigit turib ketdi. U ikki yildan buyon aloqani uzib yurgan 
ammasining uyiga borib unga salom berdi. Ammasi taajjublanib: "Seni bizga qanday 
shamol uchirib keldi, qancha vaqtlardan buyon kelmay yurib, endi kelib qolishingning 
sababi nima bo’ldi?" - deb so’radi. U: "Men Abu Hurayradan shunday gaplarni 
eshitganim uchun keldim", dedi. Ammasi: "Abu Hurayra oldiga qaytib borib, nima uchun 
u shunday deganining sababini so’ragin", dedi. Yigit Abu Hurayra (r.a.) oldiga borib 
so’raganda, Abu Hurayra (r.a.): "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: Har payshanbadan 
jum'aga o’tar kechasi bandalarning qilgan amallari Alloh taologa ayon bo’ladi. Shu 
vaqtda o’z qarindoshlariga yondashmagan kishilarning amallarini Alloh taolo qabul 
qilmaydi", degan so’zlarini eshitdim", deb aytdilar". 
62. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: U janob: "Kim Alloh taolodan savob 
umid qilib, o’ziga qaram bo’lganlarga biror narsa sarf qilsa, Alloh taolo unga albatta 
ajrini beradi. Sarf qilishni avval sen o’zingga qaram bo’lganlardan boshla, ulardan 
ortiqchasini yaqin qarindoshlarishta, ulardan ham ortsa, u vaqtda istagan kishilaringga 
beraverasan", der edilar. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin