Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
131
"(Go'daklarga) payg'ambarlarning ismlarini qo'yinglar. Allohga eng yoqimli ismlar
Abdulloh va Abdurrahmondir, eng sodig'i Horis* va Hammom*dir,
eng yoqimsizi esa
Harb va Murra* ismlaridir".
* Horis - yer haydovchi; dehqon. *Hammom - g'ayratli, tinib-tinchimas, charchamas
degan ma'noda. *Harb - bu o'rinda jangovor ma'nosida. *Murra - rad etilgan,
la'natlangan.
838. Jobir ibn Abdulloh aytdilar: "Oramizda bir kishi farzand ko'rdi va ismini Qosim, deb
qo'ydi. Biz unga: "Biz seni Abulqosim* degan kunya bilan chaqir-maymiz va hurmat ham
qilmaymiz", dedik. U odam bu haqda Rasululloh (s.a.v.)ni
xabardor qilgach, ul zot unga:
"Ug'lingga Abdurrahmon, deb ism qo'ygan", dedilar".
* Abulqosim aslida Rasulullohning kunyalari, shunga ko'ra odamlar Qosim ismini rad
qilganlar, bu haqdagi mazmun 859, 860 va 862-hadislarda keladi.
357-bob. Ismni o'zgartirish haqida
839. Sahl ibn Sa'd aytdilar: "Munzir ibn Abu Usayd go'dakligida Payg'ambar (s.a.v.)
huzurlariga keltarildi va uni Rasululloh (s.a.v.)ning tizzalariga qo'ydilar,
yoniga otasi Abu
Usayd ham o'girdi. Rasululloh (s.a.v.) nimadir ish bilan mashg'ul bo'lib bolaga e'tibor
bermadilar. Abu Usayd o'g'lini Payg'ambar (s.a.v.) tazzalaridan olib ketishni buyurdi. Bu
orada Rasululloh (s.a.v.) ishlarini tugatab: "Go'dak qani?" - deb so'radilar. Abu Usayd:
"Uni uyga olib ketashdi, yo Rasulalloh", dedi. "Ismi nima?" - so'radilar ul zot. U:
"Falonchi", degandi, ul zot: "Yo'q, uning ismi Munzir bo'lsin", dedilar. Go'dak o'sha
kutsdan e'taboran Munzir* deb nomlandi".
*Munzir - xabar beruvchi, ogoh qiluvchi.
840. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning "Alloh huzurida
eng uyatli ism kishining
"Moliku-l-amlok"*, Shahanshoh* shohlar shohi deb atalishidir" deganlarini xabar qildi.
*Moliku-l-amlok - mulklar egasi yoki shahanshoh; bu ism takabburlik alomati bo'lganligi
uchun Xudoga xush kelmagan.
Dostları ilə paylaş: