365-bob. Al-Os ismi haqida 849. Abdulloh ibn Muti' aytdilar: "Muti'dan eshitdim: "Rasululloh (s.a.v.) Makka fathi
kuni "Quraysh qabilasi bundan keyin to qiyomatgacha qatli om qilin-maydi", dedilar.
O'shanda Muti'dan boshqa quraysh osiylari Islomga kirmagandilar". Uning ismi Al-Os
edi. Rasululloh (s.a.v.) uni Muti' deb nomladilar.
“Al-Os” arab tilida' "osiy, gunohkor" degani bo'lib, Muti'ning ismi ham shunday edi. "Muti'" esa, "bo'ysinuvchi" , "itoatkor" degan ma'nodadir. Quraysh qabilasida Mutadan boshqa yana to'rtta Al-Os ismli kishilar bo'lib, ular hali Islomni qabul qilmagandilar. 366-bob. Ismni qisqartirib chaqirish haqida 850. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Oyish! Jabroil (a.s), senga salom
yo'llamoqdalar", dedilar. Men unga ham Allohning salomi va rahmati bo'lsin, dedim. Ul
zot men ko'rmagan narsani ko'rardilar".
851. Ibrohim Basriy aytdilar: "Hajga borib kelgan buvim Ummu Kulsum binti Samoma
menga aytib bergandilar: akalari Maxoriq ibn Samoma Ummu Kulsumga: "Oyisha
(r.a.)ning oldilariga kirib, ulardan Usmon ibn Affon (r.a.) haklarida so'rab chiqing,
odamlar u kishi haqida juda ko'p gapirmoqdalar", dedilar. Ummu Kulsum aytdilar: "Men
Oyisha (r.a.)ning huzurlariga kirib: "O'g'illaringizdan biri sizga salom yo'lladi va Usmon
ibn Affon (r.a.) haqlarida fikringizni so'ra-di", dedim. Oyisha (r.a.): "Unga ham Allohning
salomi va rahmati bo'lsin. Usmon ibn Affon (r.a.) haqida bo'lsa, men shunga
guvohmanki, mana shu uyda, issiq bir kecha-da Payg'ambar (s.a.v.)ga Jabroil (a.s.)
vahiy olib tush-gan edilar, Usmon (r.a.) ham shu yerda edilar. Payg'am-bar (s.a.v.)
Usmon (r.a.)ning yelkalariga urib: "Yoz, ey, Usm", degan edilar. Alloh taolo Rasululloh
(s.a.v.) tili bilan shunday yuksak darajaga ko'targan odam (Usmon) albatta yaxshi
odamdir. Kimki Usmon (r.a.)ni so'ksa, unga Allohning la'nati bo'lsin!" - dedilar.
U kishi haqida ko'p gapirmoqdalar deyishdan murod yomon gaplardir.Bu o'rinda "o'g'illaringizdan biri" deyilishiga sabab, Alloh taolo Qur'onda bildirgani kabi Rasululloh (s.a.v.)ning ayollari barcha mo'minlarning onalari bo'lganliklari uchundir.