402-bob. Arvohlar guruh-guruh askarlardir 924. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) ning: "Arvohlar guruh-guruh
askarlardir. Ular-dan (ruhlar olamida) tanishganlari bu dunyoda ham bir-birlari bilan
hamkorlashadilar, gaplari gaplariga to'g'ri keladi, (U yerda) tanishmaganlari esa, bu
dunyoda ham o'zaro ixtilofga boradilar", deganlarini eshitdim".
925-926-hadislar 924-hadisnjg aynan takrori bo'lib, 925-hadis ham hz. Oyishadan boshqa so'z qurshshshida ifoda etilgan, 926-hadis Abu Huray-radan rivoyat tsilingan. 403-bob. Taajjublanganda "Subhanalloh" deyish haqida 927. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini
eshitdim: "Bir cho'pon qo'ylarini qo'riqlab turganda, bir bo'ri hujum qilib bir qo'chqorni
olib ketdi. Cho'pon uning ortidan tush-ganda bo'ri unga qarab: "Qo'ylaringning mendan
boshqa cho'poni yo'q bo'lgan dahshatli, og'ir kunda ularga kim qarab turadi?" - deydi".
Shunda odamlar "Subhanalloh!" - deb yubordilar. Rasululloh (s.a.v.): "Bunga men, Abu
Bakr va Umar ishonamiz", dedilar".Kimdir biron ajabtovur rivoyatni yoki hikoyani yoxud
voqeani ayt-sa, ajablanish va ishonmaslik ma'no-sida "Subhanalloh", deb qo'yi-ladi.
Rasululloh (s.a.v.) suhbatdoshlariga voqeani aytib berganlari-da ular nshonqiramay
"Subhanalloh" dedilar.
Rasululloh (s.a.v.) shuning uchun ham ularning ajablanishiga chandon e'tibor bermay "Bunga men, Abu Bakr va Umar ishonamiz", deb gapni muxtasar qildilar . 928. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir janoza paytida qo'llariga bir narsa
olib tuproqni titdilar va: "Sizlardan har biringizning do'zahdan va jan-natdan joyi
hozirlangan", dedilar. Sahobiylar: "Ey, Rasululloh, biz taqtsirimizga ishonib amalni tark
etamizmi?" - deb so'radilar. Ul zot: "Amal kdling, zero har kim o'z xilqatiga moyil qilib
qo'yi-ladi". Yana dedilar: "Kimki saodat ahlidan bo'lsa, unga saodat amallari
osonlashtirib qo'yiladi, kimki badbaxtlardan bo'lsa, unga badbaxtlik ishlari oson kdlib
qo'yiladi". So'ng ushbu oyatlarni o'qidilar: "Bas, kimki (zakot va sadaqotlarni) bersa, va
(Allohdan) qo'rqsa, hamda go'zal (narsa)ni tasdiq eda, bas, unga osonlikni muyassar
qilurmiz" (92:5-7).
Har kim o'z xilqatiga moyil qilib qo'yiladi; ya'ni taqdirida jannatiyligi bitilgan bo'lsa, saodat yo'li, do'zaxiyligi bitilgan bo'lsa zalolat va sharorat yo'liga solinadi.