Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
144
menga
nisbat bersa, u do'zahda yonboshi bilan yotishi uchun (joy-ini) tekislayversin",
deb qo'llarini bilan yerni silab ko'rsatganlarini eshitganman", dedilar".
405-bob. Sannon haqida
905-hadis. Abdulloh ibn Mag'fal Muzaniy aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) sannondan
qaytarganlar va: "U ovda biror hayvonni o'ldirmaydi, dushmanni qiyratolmaydi,
u faqat
kuzni chiqaradi va tishni sindiradi", deganlar.
Arablarda qadimdan sannon bo'lgan, lekin hozirgi rogatkadan farqli ravishda ko'rsatkich
barmoq bilan o'rta barmoqqa sannon bog'lab tosh va shunga o'xshagan narsalar
otganlar.
406-bob. Shamolni so'kmaslik haqida
Mazkur kitobning 298-bobi ham ana shunday sarlavhalangan, bobdagi 741-hadis ham
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan. Bu sarlavha va hadis mazmunini takroran
keltirishimizning sababi, voqea va sabab to'liq yoritilgan.
931. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Makka yo'lida sha-mol turdi. Hajga borayotganlar
orasida Umar ibn Xattob (r.a.) ham bor edi. Shamol tezlashgandan tezlashdi. Umar
(r.a.) atrofidagi kishilarga: "Shamol nimadir?" - dedi. Odamlardan ba'zilari
bir nimalar
deyishdi, anglab bo'lmadi. Mening xayolimga lop etib bir gap keldi. Umar (r.a.)ga
yaqinlashib:"Shamolga taalluqli savo-lingiz menga endi tushunarli bo'ldi, men Rasululloh
(s.a.v.)ning shunday deganlarini eshitganman: "Shamol
Alloh rahmatidandir, u rahmat
keltirishi ham, azob kelgirishi ham mumkin. Aslo shamolni so'kmangiz".
Dostları ilə paylaş: