Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
146
edilar. Keyin Usmon ibn Affon (r.a.) shunday xabar berdilar: Suhayl ibn Amr (r.a.)ni "Bu
yil qaytib ketasizlar va kelasi yili (biz Makkani sizlarga) uch kunga bo'shatib beramiz",
degan shart bilan sulh tuzish uchun yubordilar. Suhaylning kelayotganidan ul zotga
xabar berishganda: "Alloh ishlarimizni oson qilsin!" - dedilar.
Bu o'rinda "Suhayl" so'zining ma'nosiga ishora qilinmokda. Zero "Suhayl" arabcha "Sahl"
so'zidan olingan bo'lib, "oson", "engil" deganidir.
1 Arablar boyo'g'lidan shumlanishardi. Xalqning aqidasiga ko'ra, agar qatl
qilinganlarning qasosi olinmasa, ularning ruhi boyo'g'-liga aylanar va: "Meni qondiring!
Meni qondiring!" - deb qichqi-rarmish! Qasosi olingach esa, uchib ketarmish! Islom
vujudga kel-gach, bu kabi botil qarashlarni rad etdi. (F.s). Hozirgi zamonda ham
ko'pgina xalklarda boyo'g'lidan shumlanish odati qolgan, jum-ladan, boyo'g'li sayrasa,
unga tosh otish kabi odatlar bor. Bu botil narsalar insonni yo'ldan adashtiradi.
Dostları ilə paylaş: