414-bob. Otdan shumlanish haqida 942. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Shumlik hovlida, xotinda va
otda bo'ladi", dedilar"
Islomiyatdan ilgari arablar mazkur uch narsani shum narsa deb qarardilar. Bu o'shalarning holidan hikoya qilib aytilgan so'z. 943. Sahl ibn Sa'd(r.a.)dan rivoyat tsshingan bo'lib. yuqoridagi hadisning aynan takroridir. 1 Abdulloh ibn Umar (r.a.) rivoyat qilgan mazkur hadis ustida olimlar ixtilof qilganlar. Jumladan, imom Molik (r.al.) va bir guruh ulamolar bu o'rinda shumlanish hakdqiy ma'nosida qo'llanil-gan, ya'ni Allohning taqdiri bilan ba'zi uylarda o'tirish karohat, ba'zi xotinlarga uylanish va otlarga minish ham ziyon keltiradi, deb hadisning mazmunini quyidagacha izohlaydilar: bu uch narsada shumlik bor. Xattobiy yu boshqa muh-taram olimlarning fikricha, bularning har birini shumlik, deb bilish lozim. Bu narsani birga yashayot-gan xotinning fe'lidan, uyning fayzidan, minilishi lozim bo'lgan otning turqi va harakatidan bilshi mumkin ekan. Shu ma'no-da xz. Oyisha (r.a.)dan kelgan bir riyuyat ibratlidir. Hasson Arajdan riyuyat qilingan hadisda aytiladi: "Hz. Oyisha (r.a.)nyng huzurlariga ikki kishi kelib shunday deyishdi: "Abu Hurayra Rasululloh (s.a.v.)ning: "Shumlik hovlida, xotitsda va otda bo'ladi", deganlarini nakl kdildi". Hz. Oyisha (r.a.) ko'rquv bilan o'rinlaridan sachrab turib ketdilar.Kur'oni karimni Abulqosimga nozil qilgan Alloh haqi, bu hadisni naqd qilgan kishi yolg'on aytibdi. Rasululloh (s.a.v.) aslida shunday deganlar: "Johi-liyat davrida shumlik hovlida, xotinda, otda, deb bilar edilar". Hz. Oyisha (r.a.) shundan keyin mana bu oyatni tilovat qildilar: "Xoh yerga, xoh o'zlaringizga biror musibat yeda, Biz uni paydo qilishimizdan ilgari Kitobda ("Lavhu-l- mahfuz"da bitilgan) bo'lur. Albatga, bu Allohga osondir" (57:22).Bu oyat "Tafsiri Xilol"da shunday izoxlangan: "Alloh taolo bizga yetadigan har bir musibat - kasallik, ochlik, kambag'allik, o'lim va boshqalar, ular yuzaga chiqishidan avval ham "Lavhu-l- mahfuz"da, Allohning ilmida sobit bo'li-shini ta'kidlamoqda (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Tafsiri Hilol", T., Movarounnaxr", 1993, 151-6.). 944. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: "Ey,
Allohning Rasuli, biz bir hovlida turardik. U yerda bizning so-nimiz haam, mol-dunyomiz
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
147
ham ko'paydi. Biz boshqa bir hovliga ko'chib o'tgandik, u yerda sonimiz ham, molimiz
ham kamayib ketdi", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "U yerdan ketinglar, u hovli xosiyatsiz
ekan", dedilar.