Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Zolim qarindoshiga silai rahm qilgan kishining fazilati



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

35-bob. Zolim qarindoshiga silai rahm qilgan kishining fazilati 
69. Barro ibn Ozib (r.a.) aytdilar: Bir a'robiy kelib: "Yo Rasulalloh! Meni jannatga
kiritadigan amalni o’rgating", dedi. Rasululloh (s.a.v.); "Sen xutbani qisqa qilgan 
bo’lsang ham masalani keng qilding. Jonliqni ozod yil va kishini qulliqdan qutqazgan", 
dedilar. A'robiy: "Bu ikkalasi bir gap emasmi?" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Yo’q, jonliqni 
ozod qilish - uni qullikdan qutqazishing, mulikdan qutqazish esa, uni qarzdorlikdan va 
jarima to’lashdan qutilishiga yordam berishingdir. O’zingga margub bo’lgan sogin sigir 
(yoki quy)ni sutidan ichib, foydalanish uchun muhtojlarga vaqannchaga berib turishing 
va qavmu qarindoshlarga yaxshshshk qilishingdir. Agar bularni qilish ko’lingdan 
kelmasa, kishilarni yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytarasan. Buni ham qila 
olmasang, faqat shirin so’zni tilingdan qo’ymaysan", dedilar . 
Ya'ni bergan savolingning shakli qisqa bo’lsa ham, ma'nosi goyat chuqur, ahamiyati zo’r 
masalani o’rtaga tashlading, deyilmoqchi . 
36-bob. Johiliyat davrida yaxshilik qilgan kishi haqida 
70. Hakim ibn Hazom (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) dan: "Men johiliyat zamonida silai rahm 
qilish, qul ozod qilish va sadaqa berish kabi ishlar bilan mashgul bo’lgan edim. Endi 
o’sha ishlarim uchun menga ajr-savob bo’ladimi?" - deb so’radi. Rasululloh (s.a.v.): 
"Sen johiliyat zamonida o’tkazgan hamma yaxshi ishlaring bilan islom diniga kirgan 
bo’lasan", dedilar. 
Ya'ni johiliyat zamonida qilgan yaxshiliklaring behuda ketmaydi, Alloh hamma narsani 
bilguvchidir;johiliyat davrida qilgan solih amallaring uchun Uning fazli karami bilan ajr-
savob beriladi. 
 
19-bobdagi 26-hadis mazmuni 37-bobning 71-hadisida aynan takrorlangan. 
38-bob. O’z urug-aymoqini bilish kerakligi haqida 
72. Jubayr ibn Mutim (r.a.) Hz. Umar ibn Xattob (r.a.)ning minbar ustida turib gapirgan 
quyidagi gaplarini eshitdilar: "Urug-aymoqlaringizni bilib olib, keyin ularga silai rahm 
qiling! Men Alloh taolo nomi bilan qasamyod qilib aytamanki, bir kishi o’z birodari bilan 
oralarida bir narsa (yomon so’z) o’tadi. Agar ular oralaridagi qarindoshlik aloqasi 
borligani bilganlarida edi, albatta bir-birlariga yomon so’z aytishdan va sha'niga 
tegishdan o’zlarini saqlagan bo’lardilar". 
73. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Nasablaringizni yodda saqlang! 
Shundagina siz qarindoshlaringizga yaqindan yondashgan bo’lasiz, chunki nasab 
uzoqbo’lsa ham uni yaqinlashtirilsa, uzoqligi bilinmaydi. Ammo u yaqin bo’lsa-yu, 
uzoqlashtirilsa, yaqinligi qolmaydi. Har bir qarindoshlik qiyomat kuni o’z egasining 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
yoniga kelib yaqinlashilgan bo’lsa, yaqinligiga, uzoqlashtirilgan bo’lsa, uzoqligiga 
guvohlik beradi", dedilar. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin