415-bob. Aksirish haqida 945. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Aksirishni Alloh
yaxshi ko'radi, esnashni esa, yomon ko'radi, chunki esnoq shaytondandir. Shuning
uchun imkoni boricha esnoqni qaytarish kerak. Agar kjii (esnab) "haah" desa, shayton
undan kuladi".
416-bob. Aksirganda nima deyiladi 946. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Sizlardan bir kishi aksirib
"Alhamdulillah" desa, farishtalar: "Rabbil 'alamiyn", deydi. Agar u "Rab-bil 'alamiyn",
desa, farishtalar: "Alloh senga rah-mat qilsin", deydilar.
947. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Kimki aksirsa,
"Alhamdulillah" desin. Shunday desa, unga birodari yoki do'sti "yarhamu-kalloh" desin.
Unga do'sti "yarhamukalloh" desa, u "yahdi-kumullohu va yuslihi balakum", deb javob
qaytarsin".
"Yarhamukalloh" - Alloh senga marhamat qilsin. "Yahdikumul-lohu va yuslihi balakum" - Alloh seni hidoyatga yo'llasin va barcha ishlaringni isloh qilsin. 417-bob. Musulmonning vojiblari haqida 948. Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Musulmon kishi-ning birodari zimmasida olti xil vojib
bor, Agar shulardan birortasini tark qilsa, zimmasidagi haqni bermagan bo'ladi: uni
uchratib qolsa, salom bermoq; chaqirsa qabul qilib bormoq; aksa ursa, sog'lik tila-moq;
kasal bo'lsa, borib ko'rmoq; vafot eda, janoza-siga bormoq; maslahat so'rasa, (to'g'ri)
maslahat bermoq".
949-hadisda yuqorida mazmun qisman takrorlangan bo'lib, hadisni ri-voyat qilgan Abdulloh Mas'ud (r.a.) musulmon kishining zimmasidagi vo-jibni oltita emas, to'rtta, deb ko'rsatgan. 950. Baro ibn Ozib (r.a.) aytdilar: "Alloh Rasuli (s.a.v.) bizga yetti narsani buyurib, yetti
narsadan qaytardilar. Buyurganlari ushbudir:1) Xastani ziyorat qilmoq; 2) Janozada
ishtirok etmoq; 3) Aksirganga rahmat tilamak; 4) Qasam ichgan kishining qasamiga
rioya qilmog'i; 5) Mazlumga yordam bermak; 6) Salomni yoymoq; 7) Chaqirgan joyga
bormoq.Quyidagi ishlardan qaytardilar:1) Oltin uzuklar taqmoq; 2) Kumush idishlar tut-
moq; 3) Ulov ustiga ipak matodan yopinchoqlar yop-moq; 4) Ipak matodan libos
kiymoq; 5) Gul solin-gan qalin ipak gazlama ishlatmoq; 6) Gul solingan nafis gazlama
ishlatmoq; 7) Har turli ipak kiyim kiymoq.
Abu Hurayradan rivoyat qilingan 951-hadis 948-hadisning takrori.