Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
155
997. Baro bin Ozib (r.a.) aytdilar: "Birodaring bilan qo'l berib so'rashishing
salomlashishning mu-kammalligidandir".
442-bob. Ayol kishi yosh bolaning boshini silashi haqida
998. Ibrohim ibn Mazduq Saqafiy otasidan rivoyat qildi: "Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) meni
onasi Asmo' binti Abu Bakr (r.a.) huzuriga yubordilar. Men orqali u (ayol)ga Hajjojning
ularga qanday muomala qilishi haqida bildirdilar. Asmo' binti Abu Bakr (r.a.)
mening
boshimni silab, duo qildilar. U payt-lar men yosh yigitcha edim".
443-bob. Quchoqlash haqida
999. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)ga Rasululloh (s.a.v.) sahobiylaridan birining u kishi
bilmagan hadisni bilishi haqidagi xabar yetdi. Jobir (r.a.) aytdilar: "(Yo'lda) tuya yo'qolib
qoldi. U odamning oldiga bo-rish uchun qilgan bir oylik safarim g'oyatda og'ir kechdi. Va
nihoyat Shomga yetib bordim. U odam Abdulloh ibn Unays (r.a.) ekan. Unga:
Jobir eshik
oldida turibdi, deb chopar jo'natdim. Chopar qaytib kelib: "Jobir ibn Abdullohmisiz?" -
dedi. Men: "Ha", de-dim. U odam chiqib meni quchoqlab oldi. Men: "Ikko-vimizdan
birimizning vafot etib qolishimizdan qo'rqqandim, qani, men eshitmagan hadisni ayting",
dedim. U dedi: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini eshitdim: "Alloh taolo
bandalarni kiy-im-boshsiz va hech vaqosiz holda tiriltiradi", de-dilar. Biz: "Hech
vaqosiz?" - deb ajablandik. Ul zot: "Hech narsalari yo'q holda, so'ng uzoqdan (ham)
eshi-tiladigan ovoz bilan (menimcha, "yaqindan eshiti-layotgandek" dedilar) odamlarga
nido qilinadi: "Men (barcha
narsalarning, qiyomat kunining) Egasiman, jannag ahlidan
birortasi toki undan bir do'zaxiy
haqqini talab qilarkan, jannatga kirolmaydi. Do'zax
axlidan birortasi do'zaxga kirolmaydi, agar undan bir jannatiy haqini talab qilsa". Men:
"Qanday (qilib u yerda birovning haqi beriladi)? Axir biz Allohning huzuriga kiyimboshsiz
va hech narsasiz boramizku?" - dedim. Ul zot: "Savoblar (berilib), gunoxlar (olinishi)
bilan (haq ado etiladi)", dedilar".
444-bobdagi 1000-hadis 429-bobdagi 974-hadisning aynan takrori.
Dostları ilə paylaş: