447-bob. Birovga ta'zim qilib o'rindan turish haqida 1006. Abu Miljaz aytdilar: "Muoviya (r.a.) chiqqan-larida Abdulloh ibn Omir va Abdulloh
ibn Zubayr (r.a.) o'tirgandilar. Ular orasida Ibn Zubayr (r.a.) vazminroq, jidtsiyroq odam
edi. Ibn Omir (r.a.) o'rni-dan turdi, Ibn Zubayr (r.a.) esa o'tiraverdi. Shunda Muoviya
(r.a.): "Payg'ambar (s.a.v.): "Allohning banda-laridan kimki o'zining amriga muntazir
bo'lib oldi-da (hurmat bilan) tik turishlarini yaxshi ko'rsa, u odam do'zahdan uy
hozirlayversin!" - degandilar", dedi".
448-bob. Salomning boshlanishi haqida 1007. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) dedilar: "Alloh taolo
Odam (a.s.)ni yaratdi, uning bo'yi 60 ziro'1 edi. Alloh unga: "Bor, anavi bir guruh
maloikalarga salom ber va ularning javoblarini eshitib ol, bu sening va zurri-
yotlaringning salomi bo'ladi", dedi. U (Odam (a.s.) farishtalarga): "Assalomu alaykum",
dedi. Farishtalar: "Assalomu alayka va rahmatulloh", deb javob berdilar.
449-bob. Salomni keng yoyish, oshkora qilish haqida 1008. Baro ibn Ozib r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Salomni
oshkora qilinglar (orangizda yoyinglar), salomat bo'lasizlar".
1009. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.) dedilar: "Jannatga kirolmaysiz
mo'min bo'lmaguningizcha, mo'min bo'la olmaysiz to bir-birlaringizni yaxshi
ko'rmaguningizcha. Bir-biringizni yaxshi ko'radigan bir narsa o'rgataymi?" - dedilar.
"Albatga, ey Allohning Rasuli", deyishdi. Ul zot: "Oranshzda salomni oshkor qiling (keng
yoying)", deya marhamat qildilar".
1 Ziro' - uzunlik o'lchovi; bir ziro' 75 santimetrga teng. 1010. Abdulloh ibn Amr^ (r.a.) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.): "Rahmonga ibodat kdling,
(qorni ochlar-ni) taomlantiring, salomni keng yoying, jannatga kirasiz", dedilar".