482-bob. Hijob oyati qanday nozil bo'lgan 1083. Rasululloh (s.a.v.) Madinaga kelganlarida Anas (r.a.) 10 yoshlik o'smir edilar.
(Anas (r.a.) aytdilar): "Onalarim (ya'ni Rasululloh (s.a.v.)ning ayollari hamda o'z
onalari) meni Rasululloh (s.a.v.)ning xizmatlariga bergan edilar. Men 10 yil xizmatlarini
qiddim, vafot etganlarida 20 yashar yigit edim. Men hijob xususida hammadan ko'ra
yaxshiroq bilaman. Hijob oyati nozil bo'lishidan oldin Rasululloh (s.a.v.) Zaynab binti
Jahsh (r.a.)ni nikohyaariga oldilar. Shu munosabat bilan ziyofat berdilar. Odamlar
ziyofatdan so'ng tarqaldilar. Lekin bir necha kishi juda uzoq o'tirib qoldi. Rasululloh
(s.a.v.) o'rinlaridan turib tashqariga chikdilar, men ham ortlaridan chiqdim, Rasululloh
(s.a.v.) (aylanib) yurib, hz. Oyisha (r.a.)ning ostonasigacha keldilar. Men ham
(ortlaridan) yurdim. So'ng odamlar endi tarqalishgandir, degan o'i bilan qaytib bordilar.
Men ham qaytdim. Zaynabning hujralariga kirsak, odamlar hanuz shu yerda ekan. Rasuli
akram (s.a.v.) yana qaytib tashqariga chiqdilar, men ham chiqdim, hz. Oyisha (r.a.)ning
huj-ralari ostonasiga qadar yurib bordilar. So'ng endi ketishgandir, deb o'ylab qaytdilar,
birga qaytdim. (Kelsak, ) odamlar ketab bo'lishgan ekan. Keyin Rasululloh (s.a.v.) o'zlari
bilan mening o'rtamda parda to'sdilar (ya'ni xona eshigi ortidagi pardani tushirdilar).
Shundan keyin hijob oyati nozil bo'ldi".
'"Ahzob" surasining 55, 59, "Nur" surasining 31, 60-oyatlari hijobga taalluqlidir (m.m.). 483-bob. Uch mahram vaqt haqida 1084. Abu Molik Quraziy Abdulloh bin Suvayddan avrat (ochiq) bo'lishi mumkin bo'lgan
uch (vaqt) haqida so'radi. Abdulloh: "Men peshinda (issiqdan) kyyimlarimni
yechganimda, oldimga so'roqsiz balo-g'atga yetgan oila a'zolarimdan birortasi kirmaydi,
agar chaqirsam bu unga izn berganim bo'ladi. Tong otib, odamlar namoz o'qiyotgani
bilinmagunicha (ham oldimga hech kim kirmaydi). Xufton namozini o'qib bo'lib, uxlashga
yotib, kiyimlarshLni yechganimda ham hech kim kirmaydi", dedi.