Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
167
1086. Ummu Habiba binti Qays aytdilar: "Ovqatlanib o'tirganda Rasululloh (s.a.v.)ning
qo'llariga mening qo'lim tegab ketdi".
Islom dini barqaror bo'lgunga qadar arablar ayol kishini qul cho'ridan ham past
ko'rganlar, hatto ular bilan birga o'tirib taom yemak arab zodagonlari uchun or
hisoblanar edi. Islom hayotda barqaror bo'lshpi barobarida ayollarning qadr-qimmati
ko'tarildi, erkak va ayolning tengligi e'lon qilindi. Rasululloh (s.a.v.) ayollarni benihoya
hurmat qilar, Oyisha onamizning aytishlaricha, hatto ro'zgor ishlarida ham ayollarga
qarashar ekanlar. Ayollar bilan birga bir lagatstsan taom yeyish esa, odatga aylangan.
Yuqoridagi ikki hadis shu ma'noni anglatadi.
485-bob. Bo'sh uyga kirgan kishining salom berishi haqida
1087. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Hech kimsa bo'lmagan yerga kirmoqchi bo'lgan
kipsh: "Bizga va solih bandalarga Allohning salomi bo'lsin", deb kirsin".
1088. Ibn Abbos (r.a.) (ovoz chiqarib ushbu oyatlarni o'qidilar): "Ey, imon keltirganlar!
O'z uylaringizdan o'zga uylarga to izn so'ramaguningizcha va egalariga salom
bermaguningizcha kirmangiz!" Istisno ravishda yana ushbu oyatni ham o'qidilar:
"(Xususiy) maskan bo'lmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi)
sizlar foydalanadigan
uylarga (izn so'ramasdan) kirishingizda sizga gunoh yo'qdir. Alloh oshkor qilayotgan
narsangizni ham, yashirayotgan narsangizni ham bilur" (24:29, 27).
Dostları ilə paylaş: