512-bob. Zimmiylardan izn qanday so'raladi 1132. Hz. Umar (r.a.)ning nabirasi Umarning qizi Ummu Miskinning ozod qilgan quli Abu
Abdulmalik aytdi: "Xonim meni Abu Hurayra (r.a.)ni chaqirib kelishga yubordi. Abu
Hurayra (r.a.) men bilan birga keldi. Ummu Miskinning eshigi oldida to'xtab: "Kirsam
maylimi?" - deb so'radi. Ummu Miskin ham: "Kiring", dedi va so'zini shunday davom
ettirdi: "Ey. Abu Hurayra! Mening huzurimga xufton paytida ziyopatchilar keladilar, men
ular suhbatlashsam bo'ladimi?" Abu Hurayra (r.a.): "Vitr namozini ado qilishdan oldin
suhbatlashsang bo'ladi, vitr namozidan keyin suhbat yo'q!" (Vitr namozidan keyin dunyo
ishlaridan suhbatlashmoq emas, uxlamoq kerak).
513-bob. Zimmiy xatida salom yo'llagan bo'lsa, unga javob qaytarish haqida 1133. Abu Usmon Nahdiy aytdilar: "Abu Muso (r.a.) bir qabila yo'lboshchisiga xat yozib,
unga salom yo'lladi. Unga: "Kofirga salom yo'llayapsizmi?" - deyishdi. "Uning o'zi menga
xat yozib, salom yo'llabdi, men ham salomiga javob qaytardim", dedilar".
514-bob. Zimmiylarga birinchi bo'lib salom bermaslik haqida 1134. Abu Basra G'iforiy (r.a.)dan rivoyat qilindi: Payg'ambar (s.a.v.) dedilar: "Men
ertaga yahudiylar oldiga boraman. Ularga birinchi bo'lib salom bermang, agar ular sizga
salom bersalar "Vaalaykum", deng".
1135-hadisda 1134-hadis boshtsacha so'zlar bilan ifoda etilgan xolos, roviy "Rasululloh (s.a.v.)dan eshitdim", degan gapni qo'shgan. 1136. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb
marhamat qildilar: "Yahudiy va nasorolarga birinchi bo'lib salom bermangiz va yo'lda
to'qnashib qolsangizlar, ularni chetdan yurishga majbur qilingiz".
515-bob. Zimmiylarga ishora bilan salom bergan kishi haqida 1137. Alqama (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Mas'ud yahudiy qabilasi boshliklariga ishora
bilan salom berardilar".
1138. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir yahudiy Rasululloh (s.a.v.) yonlaridan o'ta
turib: "Assomu alaykum" (ya'ni "sizlarga o'lim tilayman"), dedi. Sahobiylar: "Vaalaykum
assalom", deyishdi. Ul zot: "U "Assomu alaykum", dedi", dedilar. Keyin u yahudiy qo'lga
olinib, so'roq qilingach, o'zi ham (shunday dega-nini) e'tirof qildi. Ul zot: "U nima degan
bo'lsa siz ham unga o'shanday javob qaytaring", dedilar.