533-bob. "Qanday tong ottirding", degangda nima deb javob berish haqida 1166. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ga "Qanday tong ottirdingiz?"
- dey-ishdi. Ul zot: "Janozaga ishtirok etmagan va biron xastani borib ziyorat qilmagan
odamlardan xayrliroq tong ottirdim", dedilar".
1167. Sharik aytdilar: "Men hazramiylarning ulug'laridan bo'lgan, Rasululloh (s.a.v.)
saxrbiylaridan birining oldida o'tirgan edim. Unga: "Qanday tong ottirdingiz?" - deyishsa,
u: "Allohga shirk keltirmaymiz" - deb javob berardi".
1168. Sayf ibn Vahb aytdilar: "Abu Tufayl mendan: "Necha yoshga kirding?" - deb
so'radilar. Men: "33 yoshga", deb javob berdim. Abu Tufayl: "Senga Huzayfa ibn Yamon
(r.a.)dan eshitgan hadisni aytib beraymi? Xasafa jangchilaridan Amr ibn Sulay' degan bir
kishi bo'lib, uning o'z to'dasi bor edi. O'sha paytda men sening yoshingda edim. Biz
Huzayfa (r.a.)ning oldiga - masjidga keldik, men qavmning oxiriga borib o'tir-dim. Amr
to'g'ri borib Huzayfaning oddida turib: "Qanday tong ottirding?" (yoki "Kunni qanday
o'tkazding?"), ey, Abdulloh?" - dedi. U: "Xudoga shukr", dedi. Amr: "Sendan bizga yetib
kelgan qanday hadislar ekan, (ey, Huzayfa)?" - deb so'radi. Huzayfa: "Mendan nima
yetib kelibdi, ey, Amr?" - dedi. "Men eshitmagan hadis-lar", dedi Amr. Huzayfa (r.a.):
"Xudo haqqi, agar men eshitgan hadislarimni sizga aytadigan bo'lsam, mana shu
kechaning bir qismigacha kutardingiz. Lekin, ey, Amr ibn Sulay', agar Qaysning Shomni
egallashini ko'rsang, alhazar, alhazar! Allohga qasamki, u Allohning mo'min bandalarini
faqat qo'rqitadi yoki o'ldiradi. Xudo haqi, ularga shunday zamonlar keladiki, u paytda
katta gunohdan ham qaytarilmaydilar". Amr: "Alloh seni rahmatiga olsin, qavmingga
nima qilding?" - dedi. U: "Bu mening ishim", dedi".
534-bob. Joylarning yaxshisi kengrog'i ekanligi haqida 1169. Abdurrahmon ibn Abu Umra Ansoriy aytdi-lar: "Abu Said Xudriy (r.a.)ni janozaga
chaqirishdi. U odamlar o'z o'rinlarini egallab bo'lgach, keldi. Qavm uni ko'rib qimirlab,
shoshib, (unga joy berish uchun) harakat qila boshladilar. Ulardan ba'zilari o'zining
o'rniga o'tqazmoqchi ham bo'ldi. (Biroq) Abu Said (r.a.): "Yo'q, (qimirlamang), men
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
177
Rasululloh (s.a.v.)ning "Joylarning yaxshisi ularning kengrog'idir", degan-larini
eshitganman", dedi va jamoatning chekkaro-g'iga borib o'tirdi.