535-bob. Qiblaga yuzlanish haqida 1170. Suf'yon ibn Munqizning otalari aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) qiblaga yuzlanib
ko'p o'ti-rar edilar. Yazid ibn Abdulloh Ibn Qusayt (r.a.) quyosh chiqqandan keyin sajda
(oyati)ni o'qidi va sajda qildi. (Boshqalar ham) sajda qildilar, Abdulloh ibn Umar (r.a.)
sajda qilmadi. Quyosh chiqib bo'lgach, Abdulloh (r.a.) (oyoqlarini) yozib, so'ng sajda
qildilar. "Do'stlaringiz sajda qilganlarini ko'rmadingizmi?" - deb so'rashgan edi, "Ular
namoz vaqtidan boshqa mahalda sajda qilishdi", deb javob berdilar.
536-bob. O'rindan turib ketib, yana qaytib kelish haqida 1171. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) dedilar: "Sizlardan
biringiz o'rni-. dan turib ketsa, so'ng yana u yerga qaytib kelsa, u (o'sha o'rin)ga
haqliroqdir".
537-bob. Yo'l yoqasida o'tirish haqida 1172. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Biz yosh bolalik paytimizda Rasululloh (s.a.v.)
oldimizga kelib salom berdilar va meni bir ish bilan jo'nat-dilar. (O'zlari) mening
qaytishimni kutib yo'l bo'iida o'tirdilar. (Yo'lda) meni Ummu Sulaym (r.a.) to'xtatib:
"Nega kech qolding?" - deb so'radi. Men: "Rasululloh meni bir ish bilan jo'natdilar",
dedim. "Nima ekan (u ish)?" - dedi u. "Bu sir", dedim. Ummu Sulaym (r.a.): "Rasululloh
(s.a.v.)ning sirlarini sauga", dedi".
538-bob. Kengayib o'tirish haqida 1173. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan hech kim birovni
o'rnidan turgazib yubormasin, balki kengayshib o'shringlar", dedylar".
539-bob. Oxirida o'tirish haqida 1174. Jobir ibn Samura (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga borsak, birimiz
eng oxirida o'tirar edik".
540-bob. Ikki kishining o'rtasini yorib o'tmaslik haqida 1175. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir kishi ikki odamning
orasini ularning iznisiz yorib o'tishi halol emas", dedilar".