www.ziyouz.com kutubxonasi
195
612-bob. Kaptar qimori haqvda 1299. Abu Hurayra (r.a.)ning oldilariga bir kishi kelib: "Biz bir-birimiz bilan ikki
kaptardan garov o'ynaymiz", dedi. Abu Hurayra (r.a.): "Bu yosh bolalar-ning ishidir,
tezda bu ishingizni tashxang", dedilar.
613-bob. Ayollarning tuyalarini haydab borish haqida 1300. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Baro ibn Molik xirgoyi qilgan holda
erkaklarning tu-yalarini haydab borardi. Anshaja esa, ayollarning (tu-yalarini) haydardi.
U xushovoz edi. Rasululloh (s.a.v.) unga: "Ey, Anshaja, ayollar (tuyalarini) ohista
yurg'iz", dedilar.
614-bob. Ashula haqida 1301. Ibn Abbos Alloh taoloning: "Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular
bilimsizlik bilan....behuda so'z(lar)ni sotib olurlar..." (31:6) oyatidagi (behuda so'z)ni
"ashula va shunga o'xshash narsalardir", deganlar.
1302. Baro ibn Ozib aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Salomni oshkora beringlar. Dilxushlik
zarardir", dedilar.
1303. Fuzola ibn Ubayddan rivoyat qilindi: Bir jamoa ichida o'tirgandilar, odamlarning
nard o'ynayotganlari haqida xabar keddi. U kishi nihoyat daraja-da g'azablanib,
o'rinlaridan turib ketdilar. So'ng: "Uning qimoridan (keladigan narsani) yeyish uchun
o'ynaydigan odam xuddi chuchqaning go'shtini yeb, qoni-ga cho'milgan kabidir", dedilar.
615-bob. Nard o'ynayotganlarga salom bermagan kishi haqida 1304. Fuzayl ibn Muslim otalaridan rivoyat qildilar: Hz. Ali (k.v.) bino eshigidan chiqib,
nard o'ynayotganlarni ko'rsalar ulardan uzoqlashardilar hamda ularga salom bermaslikka
buyurardilar.
616-bob. Nard o'ynaganning gunohi haqida 1305. Abu Muso Ash'ariy (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh: "Kimki nard o'ynasa, Alloh
va rasuliga osiy bo'libdi", dedilar.
1306. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.): "Ushbu ikki ni-shonli, man qilingan kubdan saklaning,
zero u qimordir", dedilar.
1307. Burayda (r.a.)ning rivoyat qilipshariga ko'ra Rasululloh shunday demishlar: "Kimki
nard o'ynasa, qo'lini cho'chqaning etiga va qoniga botiribdi".
1308-hadis 1305-hadisning aynan takrori.