www.ziyouz.com kutubxonasi
22
66-bob. Qo’shniga ozor bermaslik haqida 119. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) dan: "Yo Rasulalloh! Falonchi xotin
kechalari turib ibodat qiladi, kunduzlari ro’za tutadi va odamlarga xayr-ehson va boshqa
yaxshi ishlarni ham qiladi. Lekin tili bilan qo’shnilariga ozor beradi. Buning oqibati
qanday bo’ladi?" - deb so’ralganda, Rasululloh (s.a.v.): "Bu xotinda yaxshilik yo’q, u
do’zax ahlidandir", dedilar. Yana: "Faloniy xotin farz namozini o’qiydi va eski kiyim-bosh
kabi arzimaydigan narsalarini sadaqa qiladi. Shu bilan birga, u hech kimga ozor
bermaydi", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Bu xotin jannat axlidan", dedilar".
120. Bir xotin hz. Oyisha (r.a.)ga kelib "Er xotiniga yaqinlik qilishni ko’ngli tusab
qolganda, xotinining jahli chiqib yoki kayfi choh turganidan erining talabini qabul
qilmasa, gunohkor bo’ladimi?" - deb so’radi, hz. Oyisha (r.a.): "Albatga gunohkor
bo’ladi. hatto shundoqki, agar er egar ustida o’tirgan chog’ida xam xotinidan talab qilib
qolsa, u yo’q demasligi kerak", dedilar. U xotin yana hz.Oyishadan: "Xotin xayz ko’rgan
bo’lsa, uyida o’zi bilan eriga faqat bitta to’shak yoki bitta ko’rpadan bo’lak yotadigan
narsasi bo’lmasa, eri undan talab qilganda xotin nima qilsin?" - deb so’radi. hz. Oyisha:
"U vaqtda xotin ostki kiyimni kiyib olib, eri bilan yotaveradi. Ammo eri bo’lsa, uning
maxsus eridan bo’lak a'zolaridan istaganicha foydalanish joizdir. Men senga Rasululloh
(s.a.v.) bilan qilgan ishimizni ochiq aytib bera qolay. Rasululloh (s.a.v.)ning men bilan
bo’ladigan kechalarida qo’l tegirmonida ozgina arpani tortib, undan non yopdim.
Rasululloh (s.a.v.) uyga kirdilarda, eshikni qulflab, uydagi namoz o’qiydigan joylariga
bordilar. Rasululloh (s.a.v.)ning odatlari uxlash oldidan eshikni qulflash, suv solinadigan
meshning og’zini ip bilan bog’lash, taom suziladigan idishlarni yerga to’ntarib, chiroqni
o’chirib qo’yish edi. Shularni qilib bo’lgandan keyin yotar edilar.Shunda men Rasululloh
(s.a.v.) namozlarini o’qib bo’lsalar, nonlarini oldilariga qo’yaman, deb kutib yotab uxlab
qolibman. Rasululloh namozni o’qib bo’lib sovuq qotdilar shekilli yonimga keldilarda,
meni uyg’otib: "Meni isitib qo’y", dedilar. Men: "E Rasululloh! Men xayz ko’rib qoldim",
degan edim, Rasululloh (s.a.v.): "Mayli, ikki soningai och", dedilar. Men ikki sonimni
ochdim. Rasululloh (s.a.v.) muborak yuzlari va boshlarini sonlarim ustiga qo’yib yotib
ozgina isinib uxladilar, ana shu vaqtda qo’shnimizning uyda boqadigan qo’yi uyimizga
kirib, nonni olib ketdi. Uning og’zidan nonni olib qolish uchun qilgan harakatimdan
Rasululloh (s.a.v.) uyg’ondilarda: "Mayli, undan qolgani ham kifoya qiladi, qo’yi
to’g’risida gapirib qo’shningga ozor bermagin!" - dedilar.