Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Yaxshiga ham. Fojirga ham yaxshilik qilaverish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

72-bob. Yaxshiga ham. Fojirga ham yaxshilik qilaverish haqida 
130. "Ehson (ezgulik)ning mukofoti fakat ehson (ezgulik)dir" (55:60), degan aqidaga 
Muhammad ibn Alj(ibn Xanafiya): "Bu oyati karima mazmuni yaxshi kishiga ham, fojirga 
ham shomildir", deb izoh bergan edilar. 
73-bob. Yetim tarbiyalaganning fazilati haqida 
131. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.): 
"Beva xotinlar va miskinlar ro’zgoriga (yordam qilish uchun) harakat qiluvchi kishi Alloh 
taolo yo’lida jihod qiluvchilar va kunduzi ro’zador, kechasi ibodat bilan mashgul 
bo’ladigan kishilardek savobga egadir", dedilar". 
74-bobdagi 132-hadis mazmuni 89-hadisning aynan takroridir, faqat 132-hadis to’qridan 
to’gri Hz.Oyisha (r.a.)ning o’zlaridan rivoyat qilingan. 
75-bob. Yetim boqqan kishining ajri 
133. Murratu-l-Faxriy ibn Amr (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: Rasululloh 
(s.a.v.): "Etim bolaning tarbiyasini o’z ustiga olgan kishi jannatda men bilan shunday 
yaqin bo’ladi", deb o’rta barmoqlari bilan ikkinchi barmoqlari (ibhomlari)ni ko’rsatdilar. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
134. Hasan Basriy (r.al.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) 
taom yeydigan vaqtlarida bir yetim bola kelib, u janob bilan birgalikda ovqatlanardi. 
Kunlarning birida Abdulloh (r.a.)ga taomlari keltirildi, lekin yetim bola yo’q edi. Uni 
axtarib topisha olmadi. Noiloj Abdulloh (r.a.) o’zlari taomni yeb bo’lganlaridan keyin bola 
kelib qoldi. Bolaning taomini olib kelinglar, deb buyurdilar, ammo taom tugab qolgani 
uchun uzr aytilgandan keyin Abdulloh (r.a.) talqon bilan asalni keltirib, .bola oldiga 
qo’ydilarda: "Mana buni tanovul qila qol! Alloh nomi bilan qasamyod qilamanki, sen 
ziyon qilgan bo’lmading", dedilar". Hasan Basriy (r.al.) aytdilar: "Vallohi, Ibn Umar (r.a.) 
ham ziyon qilmadilar". 
Ziyon qilgan bo’lmading - ya'ni taomdan kech qolgan bo’lsang ham, bu talqon bilan asal 
biz yegan taomdan yaxshiroqdir.Ibn Umar (r.a.) ham ziyon qilmadilar -chunki u kishi 
yaxshi gap bilan bolaning ko’nglini ko’tarib savobga ega bo’ldilar . 
135-hadisda 133-hadis mazmuni takrorlangan, faqat u Sahl ibn Sa'd (r.a.)dan rivoyat 
qilingan. 
136. Abu Bakr ibn Hafsning aytishlaricha, Abdulloh ibn Umar (r.a.) biron yetim bola 
ishtirok etmaguncha dasturxondan taom yemasdilar. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin