Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
157. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Birov sizni uyiga taklif qilsa
boring, hadya qilinsa, qabul qiling va musulmonlarni urmang", dedilar.Taklif xoh
ziyofatga, xoh biror to’yga bo’lsa (basharti u yerda ichkilik kabi buzuq ishlar bo’lmasa)
unga borish lozim. hadya berilganda uni hazm qilib ketmay, iloji bo’lsa yaxshiroq biror
narsa berish albatta yaxshiroqdir. Shar'iy yoki qonuniy hukm bilan bo’lmasa,
musulmonlarni va shu jumladan qaramog’idagi kishilarni nohaq urish albatta haromdir .
158. Hz. Ali (k.v.) Rasululloh (s.a.v.)ning so’nggi so’zlari shunday bo’ldi, deb xabar
qildilar: "Namozni kanda qilmang, namozni kanda qilmang. Qaramog’ingizdagi kishilarga
yomon munosabatda bo’lishdan Allohdan qo’rqing!"
83-bob. Qaramog’idagi kishilarga yomon qarash haqida
159. Abu Dardo (r.a.)dan rivoyat qilindi. U zot aytdilar: "Baytariy hayvonlarni qanday
yaxshi bilsa, biz sizlarni undan ko’ra ham yaxshiroq bilamiz. Yaxshilaringizni ham,
yomonlaringizni ham bilib oldik. Kimki odamlarning yaxshiligidan umidvor bo’lib,
yomonligidan amin bo’lib yuradigan bo’lsa, u yaxshi kishi. Ammo yaxshiligidan umid
uzib, yomonligidan qo’rqib yuradigan bo’lsa va ozod qilgan quliga yaxshilik va yordam
qilmasa, u yomondir".
Baytariy - mol do’xtiri demoqchi (t.).
160. Abu Umomadan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Kimki (qo’lidagi bor narsalaridan)
kishilarga bermasa, (safarda ovqatimga hamroxlarim sherik bo’lmasin deb) ovqatini o’zi
yesa va qulini uradigan bo’lsa, u kishi Allohning ne'matvorligani inkor qiluvchidir".
161. Hasan Basriy aytdilar: "Bir kishi o’zining qul bolasiga tevani sug’orib kelishni
buyurganda, bola uxlab qolib, xo’jasining buyruqini bajara olmagan ekan. Shunda u
bolaning yuziga cho’q otgan, qul bola qochib borib quduqqa yiqilgan. U erta bilan Hz.
Umar huzurlariga bordi. Hz. Umar bolaning yuzidagi cho’gning asarini ko’rib, uni ozod
qilib yuborishni buyurdilar".
Dostları ilə paylaş: