Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Qul o’g’irlik qilsa



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

86-bob. Qul o’g’irlik qilsa  
165. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Agar mamluk o’girlik qilsa, uni 
yigirma tangaga bo’lsa ham sotib yubor", dedilar. 
87-bob. Xizmatkor gunoh qilsa 
166. Osim ibn Luqayt ibn Sahra (r.a.) aytdilar: "Men Paygambari Xudo huzurlariga yetib 
keldim. Shu vaqtda podachi bir qo’zichoqni orqasidan itarib qo’yxonaga kiritayotgan edi. 
Rasululloh (s.a.v.): "Sen men uchun qo’y so’yildi, deb hisoblama! Bizda yuzta quy bor, 
ko’payib ketishini istamaymiz, qachon cho’pon yangi tugilgan qo’zichoqni olib kelsa, 
o’rniga bir qo’yni so’yamiz", dedilar". 
88-bob. Qulga topshirilgan narsani muhrlab berish haqida 
167. Abu Oliya (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bizlar xizmatchilarimiz yomon odatga 
o’rganmasin va o’zimiz badgumon bo’lmaylik, deb ularga buyurilgan narsani muhrlab, 
o’lchab va sanab berishga da'vat etilganmiz". 
Bu o’rinda garchi qulga topshiriladigan ish haqida gap borsada, ammo sharti umumiydir. 
Boshqalarga ish topshiradigan har bir kishi azbaroyi badgumon bo’lishdan xalos bo’lmoq 
uchun va birovlarni aybdor qilib qo’yish gunohidan forig bo’lmoq maqsadida buni o’z 
turmushida tadbiq etmogi zarurdir . 
89-bob. Xizamtkorni siylash haqida 
168. Salmon Forsiy: "Xizmatkor menga xiyonat qilib qo’yishidan qo’rqqanim uchun uni 
go’shtlari shilingan suyaklar bilan hamisha siylab turaman"; dedilar. 
169-hadis 168-hadisning aynan takrori. 
90-bob. Xizmatkorga odob berish haqida  
170. Yazid ibn Abdulloh ibn Kusayt (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) o’zlarining 
gulomlariga oltin yoki kumush berib, uni almashtirib kelish uchun yubordilar.G’ulom esa 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
uni nasyaga almashtirib kelganda, Abdulloh uni qamchin bilan urib: "hozir qaytib borib, 
pulning o’zini menga qaytarib olib kel!" - dedilar". 
Shariati islomiya hukmida oltinni kumushga yoki kumushni oltinga almashtirlisa ikkalasi 
naqd va qo’lma-qo’l berilishi shart. Aks holda bu ish ribo hisoblanadi. 
171. Abu Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Men o’zimning gulomimni urayotgan edim, shu paytda 
orqamdan: "Ey, Abu Mas'ud! Bilib qo’yki, Alloh taoloning senga qodirligi sening qulingga 
qodirligingdan albatta zo’rroqdir", degan ovozni eshitdim. Bunday qarasam ovoz egasi 
Rasuli Xudo ekanlar. Shu onda men: "Yo Rasululloh! Allo? taoloning rizosi uchun bu 
gulomimni ozod qildim", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Agar buni ozod qilmaganingda, seni 
albatta do’zax o’ti kuydirar edi", dedilar". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin