91-bob. Birovni yuzi qora bo’lsin, deb qarg’amaslik haqida 172. Abu Hurayra (r.a.) Rasuli akram (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh(s.a.v.:
"Falonchining yuzini Alloh hunuk qilsin, deb duoibad qilmanglar", dedilar".
173. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Hech kimni Alloh taolo yuzingni va mening yuzimga
o’xshagan yuzni xunuk qilsin, deb aslo duoibad qilma, chunki Alloh taolo Hz. Odam
(a.s.)ni ham o’z suratida yaratgandir".
Bu "o’z suratida" degan ibora manosida ulamolar har xil fikr bildirganlar. Bazilar suratdan murod sifatdir, ya'ni Allohning sifatlaridan bazisi: bilish, ko’rish, eshitish kabilar Odam (a.s.)da va uning avlodlarida ham bor. Shuning uchun "Sening yuzishta o’xshagan yuzga ham" deganida, Alloh taologa qarata aytgan bo’ladi, deb talqin qilsalar, ba'zilar "(O’z surati) deb Odam (a.s.)ning suratini iroda qilgan, u vaqtda Odam (a.s.)ni duoibad qilgan bo’ladi", deydilar. Bu haqda yana boshqa e'timodli manbalarga murojaat qilish mumkin . 92-bob. Yuzga urmaslik haqida 174. Abu Hurayra (r.a.) Payg’ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qildilar. "Rasululloh (s.a.v.):
"Qaysi biringiz o’z qulini ursa, yuziga ehtiyot bo’lsin", dedilar".
Yuzda ko’zga tashlanadigan nozik a'zolar bor, ularga musht tegsa inson aybli va xunuk bo’lib qoladi. 175. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) belgi qilish uchun yuziga
tamg’a bosilgan bir hayvon yonidan o’tib qoldilar. Uning ikki burun teshigidan tutun
chiqayotgan edi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) "Shu ishni qilgan kishiga Alloh taoloning
la'nati bo’lsin! Hech kim biron maxluqning yuziga tamg’a bosmasin va yuziga urmasin",
dedilar".
93-bob. Kim qulining yuziga ursa, uni ozod qilsin 176. Bilol ibn Yasof (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Suvayd ibn Muqarrin (r.a.) hovlisida kiyim-
bosh sotayotgan edik. Bir cho’ri qiz chiqib bir kishiga nimanidir gapirdi, u kishi cho’rining
yuziga bir shapaloq urdi. Shunda Suvayd ibn Muqarrin (r.a.) unga qarab: "Cho’rining