Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
35
Hz. Umarning bu so’zlarini eshitgan Safvon: "Vallohi, biz qullar bilan taom yemakdan
tortinmaymiz, lekin o’zimizga va ularga ham yetadigan yaxshi taomni topa olmaganimiz
uchun ularni chaqira olmaymiz", dedilar".
103-bob. Qul xo’jasiga yaxshi xizmat qilsa...
202. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasuli akram (s.a.v.): "Qaysi
bir qul
o’z xo’jasiga xayrixoh bo’lish bilan birga Alloh taologa itoatni yaxshilab bajarsa, ikki
barobar ajrga ega bo’ladi", dedilar".
203. Xurosonlik bir kishi Omir Sha'biy (r.a.)ga: "Bizlar o’z oramizda bir kishi o’zining
ummu valadini ozod qilib, keyin uni o’ziga xotin qilib olsa, harami sharifga hadya qilib
yuborgan tevasini o’zi mingan kishidek bo’ladi, deb gapirib yuramiz", dedi.
Shunga javob
tariqasida Omir: "Menga Abu Burda (r.a.) o’z otalaridan rivoyat qildilar, inchunun
Rasululloh (s.a.v.) sahobiylarga: "Uch toifa kishilar bor, ularga ikki barobardan ajr
beriladi:
birinchisi, axli kitoblardan bo’lgan kishiki, o’z payg’ambari va Muhammadga
ham imon keltirgan bo’lsa, ikkinchisi, birovning ixtiyorida bo’lgan qul, u Alloh taoloning
haqini ham, o’z xo’jalarining haqini ham ado qilgan bo’lsa, uchinchisi, o’zi
jinsiy aloqa
qilib yurgan cho’risiga odob va ilm o’rgatib yaxshi odoblik, yaxshi ilmlik qilgandan keyin
uni ozod qilib, o’ziga xotin qilib olgan kishi", degan edilar, deb xabar qiladi.
Shu hadisni
rivoyat qilgandan keyin Omir Sha'biy u kishiga qarab: "Mana bu hadisi sharifni biz senga
hech narsasiz quruqdan-quruqqa aytib berdik. Bundan kichikroq hadisni bilib olish uchun
kishilar Madinagacha biror narsaga minib borardilar", dedilar.
Ummu valad - o’z xujasidan bola orttirgan cho’ri.
Harami sharifga borish uchun niyat qilib ehrom bog’lagandan keyin bir uzr bilan bora
olmay qolsa, bir jonliq molni hadya qilib u yerga yuborishi kerak. Lekin uni minib emas,
balki haydab, yetaklab olib boriladi.
204. Abu Muso (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deb marhamat
qilganlarini rivoyat
qildilar: "Rabbiga qulligini go’zal tarzda ado etgan kishiga, o’z xo’ja-sining molini saqlab,
unga itoat etgan qulga ikki karra mukofot bordir".
205-hadis 204-hadisning takrori bo’lib, faqat u Abu Burda (r.a.)dan rivoyat qilingan.
Dostları ilə paylaş: