Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Qul xo’jasining molini saqlovchidir



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

104-bob. Qul xo’jasining molini saqlovchidir 
206. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): 
"Hammalaringiz o’z qaramog’ingizdagilarni muhofaza qiluvchilarsizlar va qiyomat kuni 
o’shalar uchun javobgardirsizlar. Masalan, odamlarga posbon bo’lgan amir fuqarolari 
uchun, har bir kishi o’z xonadoni uchun, qul esa o’z xo’jasining moli uchun javobgardir: 
ogoh bo’lingizlar, hammangiz muhofazakor va muhofaza lozim bo’lgan narsalarning 
barchasi uchun javobgardirsizlar", deganlar". 
207. Abu Hurayra (r.a.): "Qaysi bir qul o’z xo’jasiga itoat qilsa, u albatta Alloh paologa 
itoat qilgan bo’ladi. Unga osiy bo’lsa, Alloh azza va jallaga ham osiy bo’lgan bo’ladi", 
dedilar. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
105-bob. Alloh va xo’jasining haqini o’tagan qul 
208. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini rivoyat qildilar: 
"Musulmon bir qul Allohning va xojasining haqini halol o’tagan qulga ikki karra mukofot 
bordir". 
106-bob. Qulni nima deb chaqirish kerak? 
209. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech 
biringiz qulim va cho’rim deb atamang! hammalaringiz Alloh taoloning quli va hamma 
ayollaringiz esa Allohning cho’risidir. Lekin g’ulomim, qizim, yigitim deb gapirilsa 
durustdir", dedilar". 
107-bob. Qul xujasiga nima deb xitob qilsin? 
210. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Raslulloh (s.a.v.): "hech bir 
kishi qulim va cho’rim deb aslo aytmasin, qul ham xo’jasini rabbim (tarbiyachim) 
demasin. Xo’ja ularni yigitim, qizim deyishi va qul esa xo’jam demagi kerak. Chunki 
haqiqiy tarbiyachi Alloh taoloning o’zidir", dedilar". 
211. Mutarrif rivoyat qildilar: "Otam shunday dedilar: "Men Bani Omir qabilasining 
vakillari bilan Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldim. Shunda hamrohlarim Rasululloh 
(s.a.v.)ga: "Siz bandalarning sayyidi, xo’jasisiz", deganlarida, Rasululloh (s.a.v.): 
"haqiqiy sayyid Alloh taolodir", dedilar. Ular yana: "Siz ortiqlikda hammamizdan 
afzalroqdirsiz va ehson qilishda ham hammamizning ulug’rog’imizsiz", deyishdi. Shunda 
Rasululloh (s.a.v.): "Sizlar menga o’zlaringizning oddiy gapingizni gapiravering. Shayton 
sizlarni o’z yo’liga yurgazib ketmasin", dedilar". 
Rasululloh (s.a.v.) nihoyatda tavozeli bo’lganlari uchun arablarning "Sayyiduna va 
Mavlono" deydigan va O’rta Osiyo xalqlarining "Taqsir, janoblari" kabi hurmat tariqasida 
aytadigan gaplarini o’zlariga aytilishini istamas va shunlay muomala qilmaslikni 
ummatlariga ham o’rgatmoqchi edilar. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin