116-bob. Ozor beradigan narsalarni chetga olib qo’yish haqida 229. Abu Barza Aslamiy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ga: "Yo RasulAlloh! Menga bir amalni
buyuringki, o’shani qilsam jannatga kirishga sazovor bo’lay", dedilar. Rasululloh (s.a.v.):
"Yo’ldan odalarga ozor beradigan narsalarni olib tashlasang, jannatga kirasan", dedilar.
230. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir kishi ko’chada yotgan bir
tikanni ko’rdida, bironta musulmonning oyoqiga ozor bermasin, deb chetga olib tashladi.
Mana shu ishi tufayli uning gunohi kechiriladi", dedilar".
231. Abu Zarr G’iforiy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ummatlarimning qilgan
amallari yaxshilari ham, yomonlari ham menga ko’rsatildi. Yaxshi amallar orasida
ko’chada odamlarga ozor beradigan narsani chetga olib tashlanganini ko’rdim va yomon
amallari orasida masjid ichiga tuflab, keyin ko’milmay ketilgan tuprukni ko’rdim",
dedilar".
231. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.al.)ga biror narsa keltirilsa: "Buni
falonchi xotinga eltib beringlar, chunki u xotin Xadichaning do’sti edi, buni faloniy
xotinning uyiga yuboringlar, chunki u Xadichani sevardi", derdilar".
"Go’zal so’z" deb atalgan 117-bobdagi 232-hadis 225-hadisning takrori, ammo bu Abdulloh ibn Yaziddan rivoyat qilingan. 233-hadis 231-hadisning takrori, u Aias ibn Molikdan rivoyat qilingan, 234-hadis Huzayfa (r.a.)dan rivoyat qilingan bo’lib, 225- hadisning takroridir. 118-bob. Payhambar so’zlarini zehnga joylash haqida 235-hadis. Amr ibn Abi Kurra Kindiy aytdilar: Ogam Abu Kurra Salmon Forsiy (r.a.)ga
o’z sevgilisini xotin qilib olishni taklif qilgan edilar. Salmon uni qabul qilmay, ozod qilgan
cho’rilari Buqayrani xotin qilib oldilar. Otamga Salmon bilan Huzayfa (r.a.) oralarida
ixtilof borliga eshitildi. Shunda u kishi Salmonni axtardilar. Salmon o’zlarining
ko’katzorlariga ketdilar, deyishgavda otam ko’katzor tomonga yo’l oldilar. Yo’dda
ko’katlardan zambilga solib, uning bandiga asolarini o’tkazib, yelkalariga ko’targan holda