8-bob. Ota-onasiga la'nat o’qiganga Allohning la'nati bo’lsin 17. Abu Tufayl Omir ibn Vosila (r.a.) aytdilar: Hazrat Ali (k.v.)dan so’ralganda, Hz. Ali
(k.v.): "Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning o’zimizga xos aytgan gaplari faqat mana shu
qilichimning qinidagilardir", dedilarda, undan bir sahifa qog’oz chiqardilar. Bu sahifada:
"Alloh taolodan bo’lak narsalar nomiga atab biror jonliqni so’ygan kishiga, ota-onasiga
la'nat o’qigan kishiga va shariatda bo’lmagan narsalarni din nomidan paydo qilganlarga
yo’l bergan kishiga ham Alloh taoloning la'-nati bo’lsin", degan hadisi sharif yozilgan
ekan.
Bu hadisda aytilgan tafsilot 27-hadisda keladi. Ota-onaga la'nat o’qish ularni so’kishdan va Allohning la'nati esa, o’z rahmatidan mahrum qilishi demakdir . 9-bob. Gunoh bo’lmagan hollarda ota-ona amriga itoat qilish haqida 18. Abu Dardo (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) menga quyidagi to’qqizta amalni
buyurdilar va dedi-larki: "Garchi majaqlanib ketsang ham yoki o’tda yondirilsang ham
Alloh taologa shirk keltirma, farz namozni qasddan tark qilma, uni qasddan tark qiluvchi
kishilardan Alloh taoloning zimmasi ajraydi. Mast qiladigan harom ichimliklarni aslo
ichma, chunki ular hamma yomonliklarning kalitidir. Ota-onangga itoat qil, agar ular
dunyodan voz kech desalar ham hurmatlari uchun buyruqlarini ijro qil! Garchand
ishboshi bo’lgan odamdan ko’ra o’zingni shu amalga munosibroq deb bilsang ham ular
bilan amal talashma (itoat qil). Yoningdan askarlar qochsa ham va o’zing halokatga
uchraydigan bo’lsang ham urush maydonidan qochma! qo’lingda bor mol-mulkingdan
qaramog’ingdagi ahlu -ayollaringga sarf qil! Xotin va bolalaringga kaltak ko’tarma, to’g’ri
yo’ldan yurmasa, bola-chaqalaringni Alloh taoloning qahri-g’azabiga duchor bo’lishlari
bilan qo’rqit".
Alloh taolo zimmasining ajrashi uni o’z panohida saqlamasligiga ishora Qur'onda aytilishicha, urish yo’li bilan bo’lsa hamki, ularga odob-axloq o’rgat, bo’ysunmaslaridan qo’rqsang nasihat ?al, nasihatni qabul qilmasalar, ularni o’zingdan chetlat va shunda ham bo’lmasa, urish bilan ularni qo’rqit, tahdid qil. 19-hadis 13-hadisning aynan takrori, faqat unda jihod qilmoqchi bo’lgan kishiga Rasululloh "Ota-onangni rozi qil", deb aytganlar. 20. Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga jihodga
borishni talab qilib bir kishi keldi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Ota-onang tirikmi?" - deb
so’radilar. U kishi: "Ha, ota-onam borlar", dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Ota-onang
uchun jihod qil!" - dedilar".Ya'ni mushriklar bilan qonli urushga chiqish shart emas, eng
maqbuli keksa ota-onaga xizmat qilish, ularni rozi qilib, duolarini olish, tirikchiliklaridan
xabardor bo’lib turishing o’zi sen uchun jihoddir.
Jihodni faqat qonli urush ma'nosida tushinish Qur'on-i karim va hadis-i sharif ma'nolarini noto’g’ri anglashga olib keladi, binobarin, jihod faqat qonli urush emas, nafs sharoratini yengash, axloqiy buzilishlarga qarshi kurasha bilish ham jihodga kiradi .