125-bob. Tabassum qilish haqida 251. Qays (r.a.) aytdilar: "Jobir ibn Abdulloh (r.a.) shunday deganini eshitdim: "Men
musulmon bo’lganimdan beri Rasululloh (s.a.v.) meni qachon ko’rsalar, tabassum
qilardilar. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.): "Yamanliklarning eng yaxshilaridan bo’lgan bir
kishi mana shu eshikdan kirib keladi, uning yuzida farshitalik belgisi bor", degan
ekanlar, shu vaqtda eshikdan Jobir kirib keldi (ya'ni men kirib keldim)".
252. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning ovozlarini baland chiqarib
kulganlarini sira ko’rmadim, u zot faqat tabassum bilangina kular edilar. Rasululloh
(s.a.v.) bulut ko’rsalar yoki shamolni tursa, yuzlarida xafalik alomatlari sezilardi. Shunda
men: "Yo Rasululloh! Odamlar bulutni ko’rganda yomg’ir yoqsa kerak, deb xursand
bo’ladilar, ammo shunday paytda sizning yuzingizda xafalik alomatini ko’raman", dedim.
Rasululloh (s.a.v.): "Bulutda biror azob bo’lmasligidan menga kim kafolat beradi? qaysi
bir qavmlar shamol bilan azoblangan. Ba'zi qavmlar bulutni ko’rganda bu bulut bizga
yomg’ir olib keladi, deb xursand bo’lib turgan vaqtlarida yomshr o’rniga azob kelib
qolgan", dedilar".
126-bob. Kulish haqida 253. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (sa.v.): "Tovush chiqarib kulishni kam qil!
Chunki ko’p kulish dilni vayron qiladi", dedilar".
254-hadis 253-hadisning takrori va u ham Abu Hurayra (m.)dan rivoyat qilingan. 255. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Bir qancha sahobiylar kulishib o’tirishgan vaqtida
Rasululloh (s.a.v.) chiqib qoldilar-da: "Jonim qudrat qo’lida bo’lgan Alloh taolo nomi
bilan qasamyod qilamanki, men biladigan narsalarni bilganingizda, albatta, oz kulib, ko’p
yig’lagan bo’lardingiz", deb chiqib ketdilar. Sahobiylarning kulgisi yig’iga aylandi. Shunda
Rasululloh(s.a.v.)gaAllohtaolo: "Ey, Muhammad, nima uchun bandalarimni noumid
qilasan?" - deb vahiy qildi. Rasululloh (s.a.v.) ularning oldiga qaytib chiqdilarda: "Ey,
ummatlarim! Sizlarga shodlik bo’lsin! To’g’ri so’z bo’lingiz, o’rta yo’lni tanlangiz!" -
dedilar".