Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
46
ham aralashar edilar. Hatto mening Abu Umayr kunyalik kichik ukamga: "Hoy Abu
Umayr, maynachang (yoki bulbulchang) nima bo’ldi?"
- deb hazillashib yurar edilar,
dedilar". Abu Umayrning mayna yoki bulbuli bo’lib, u o’lib qolganda juda xafa bo’lib
yurardi. Rasululloh (s.a.v.) bolaning gapini eshitish va ko’nglini ko’tarish uchun shu
hazillarini qilar edilar. Abu Umayr Abu Talhaning o’g’li bo’lib, Anas ibn Molikning ona bir,
ota
boshqa shshsi edi, Abu Talha Anas ibn Molikka o’gay ota bo’ladi.
272. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Hasanni yoki Husaynni (Alloh
ulardan rozi bo’lsin) qo’lidan tutib, oyoqlarining ustiga chiqarib, "Qani, turchi!", dedilar".
135-bob. Yaxshi xulqlik bo’lish haqida
273. Abu Dardo (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilishicha, Rasululloh (s.a.v.):
"Yaxshi axloqdan ko’ra tarozuni bosadigan hech narsa yo’qdir", deb marhamat qilganlar.
274. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)
foqish ham, mutafahhish ham
emas edilar va "Sizlarning yaxshilaringiz - axloqi yoqimli bo’lganlaringizdir", der edilar".
Fohish - muomalada yoqimsiz kishi. Mutafahhish esa, shunday badxulqlikni qasddan
qiluvchi kishi .
275. Abdulloh ibn Shu'ayb otasining Rasululloh (s.a.v.)dan shunday bir gapni eshitganini
rivoyat qildi: Rasululloh (s.a.v.): "Men uchun eng sevimli bo’lganingiz va qiyomat kuni
menga eng yaqin bo’luvchilaringiz kimligini aytib beraymi?" - deb so’raganlarida,
Sahobiylar jim turishdi. Rasululloh (s.a.v.) bu savollarini
ikki yo uch martaba
qaytarganlaridan keyin, ular: "Yo Rasulalloh! Aytib bering", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.):
"Ular axloqda (xalqqa) yoqimliroq bo’lganlaringizdir", dedilar.
276. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilishdi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Men
yaxshi xulqlarni kamolotga yetkazish uchun payhambar bo’lib keldim", dedilar".
Rasululloh (s.a.v.)ga birov ozor bersa, unga yomon jazo berish o’rniga insof, tavfiq
so’rab haqiga duo qilar ekanlar. Ammo Alloh taolo qaytargan ishlarni qilinsa yoki
buyruqlarini bajarilmasa, shariat qonuni bo’yicha jazo berar edilar.
277. Hz. Oyisha (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.)ga dunyoviy ikki ishdan
birini ixtiyor qilish kerak bo’lganda, albatta ulardan gunohga oid bo’lmasa, yengilroqini
ixtiyor qilardilar. Ammo u gunohga oid bo’ladigan bo’lsa, albatta undan o’zlarini uzoq
tutardilar. O’z nafslari uchun hech kimdan o’ch olmaganlar. Lekin
Alloh taoloning qudrati
va hurmati poymol qilinadigan bo’lsa, u vaqtda albatta Allohu azza va jalla uchun o’ch
olardilar".
278. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Alloh taolo azalda rizklaringizni taqsim qilib
qo’ygani-dek, xulqlaringizni ham taqsim qilgandir. Alloh taolo bu dunyoda xohlagan va
xohlamagan kishilariga ham davlat beraveradi. Ammo imonni faqat o’zi
xohlagan
bandasiga beradi. Kim davlatni sarf qilishga qizg’ansa, dushmanga qarshi jihod qilishdan
qo’rqsa va kechalari (ibodat qilishdan) cho’chisa, "Lo iloha illAlloh va subhonAlloh
valhamdu lilloh vallahu akbar" kalimalarini ko’p
aytib yursin, dedilar".
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
Dostları ilə paylaş: