Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
52
(s.a.v.): "Ey, Oyisha! Ko'y, unday dema, og'ir bo'l, qat-tiq
muomala qilishdan va
qarg'ashdan o'zingni sakla", dedilar. Men: "Yo Rasulalloh! Bularning gapini
eshitmadingizmi?" - dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Sen
ham mening gapimni
eshitmadingmi? Men ularga "va alaykum", ya'ni, "Aytgan gaplaringiz o'zlaringizga
bo'lsin", Dedim. Alloh taolo mening ularga qilgan duoi badimni qabul qiladi, ammo
ularning menga qilgan yomon tilaklarini qabul qilmaydi", dedilar".
315-hadis mazmuni 312-hadisda bor, faqat bu hadis Abdullohdan rivoyat qshshngan.
316. Abu Hurayra (r.a.)dan
rivoyat qilindi, u kishi aytdilar. "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki
yuzlama kishiga hech ishonmaslik kerak", dedilar".
317. Abdulloh ibn Umar (r.a.): "Bir mo'minning razil fe'li uning buzuqligidan dalolatdir",
dedilar.
318. "Birovga la'nat o'qiganlar o'zlari la'natlandilar", dedilar hz. Ali (k.v.). Marvon (r.a.):
"Ha, o'sha insonlarga la'nat o'qigan kimsalardir", deb tasdiqladilar.
Dostları ilə paylaş: