Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
56
345. Avs ibn Sari' (r.a.)dan rivoyat qilitsdi, u kishi "Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga
kelib: "Yo Rasulalloh! Men she'r bilan Alloh taoloni va sizni maqtadim", dedim.
Rasululloh (s.a.v.): "Allohhamdni sevadi", dedilar. Keyin men she'rimni Rasululloh
(s.a.v.)ga o'qiy boshladim. Shu vaqtda novcha, boshining old tomonida sochi yo'q bir
kishi kelib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirish uchun ruxsat so'radi. Shunda Rasululloh
(s.a, v.) menga: "Bo'ldi, jim o'gir", dedilar. Keyin u kishi kirib Rasululloh (s.a.v.) bilan
ozgina so'zlashdida, chiqib ketdi. Yana she'rimni o'qiy boshladim. U kishi yana keldi.
Rasululloh (s.a.v.) yana menga "jim o'tir", dedilar. Xullas, u kishi ikki yo uch marotaba
keldi. Rasululloh (s.a.v.) esa har kelganda meni jim turishga buyurardilar. Keyin men:
"Yo Rasulalloh! Bu kshpi kim bo'ladiki, har kelganda meni o'qishdan to'xtatdingiz?" - deb
so'radim. Rasululloh (s.a.v.): "Bu kishi botil gapni (she'rni) yaxshi ko'rmaydigan odam" ,
dedilar" .
157-bob. Shoirga sadaqa
346. Yusuf ibn Abdulloh ibn Nujayd aytdilar: "Otamning aytishicha, Imron ibn Husayn
(r.a.) oldiga bir shoir keldi. Imron unga bir narsa in'om qildi. Shunda kimdir unga:
"Shoirga ne uchun ehson berdingiz?" - deb so'raganda, u: "Men o'z obro'yimni saqlash
uchungina shoirga in'om qilaman", dedi".
158-bob. Do'stingizni malol keladigan darajada e'zozlamang
347. Muhammad ibn Sirin (r.al.)ning aytishiga qaraganda, sahobiylar: "Do'stlaringizni
ularga malol keladigan darajada e'zoz qilmang", der ekanlar.
1 Roviylarning bergan xabarlariga ko'ra, bu kishi Umar ibn Xattob edilar .
159-bob. Ziyorat qilish haqida
348. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir kishi do'stini ziyorat qilsa,
Alloh taolo unga: "Hayoting yaxshi o'tsin! Yaxshi ish qilding va jannatdan o'zing uchun
joy hozirlading", deydi, deb ta'kidladilar".
349-hadisda Salmon Forsiyning nomunosib kiyinishi haqida gap boradi va ehtimolki
kotiblar ko'chirishi natijasida ma'no anglashilmay qolgan, shuning uchun tushirib
qoldirildi.
Dostları ilə paylaş: