165-bob. Gapni ham. ishni ham yoshi ulug' kishi boshlaydi 364. Rofi' ibn Xudayj va Sahl ibn Abi Xasma (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Sahl bilan
Muhayyasa ibn Mas'ud (r.a.)lar Xaybarga kelib u yerdagi xurmozor ichiga kirib ketishdi.
Shu yerda Abdulloh ibn Sahl o'ldirildi. Shunda Abdurrahmon ibn Sahp bilan ibn
Mas'udning ikki o'g'li - Husaya va Muhayyasalar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib
Abdulloh ibn Sahlning o'ldirilganligi haqida xabar berishdi. Gapni ularning eng kichigi
bo'lgan Abdurrahmon boshlagan edi, Rasululloh (s.a.v.): "Kattarog'ingiz gapirsin",
dedilar. Ular bo'lgan voqeani bayon qilib bo'lgach, Rasululloh (s.a.v.): "Birodaringizni
o'ldirgan kishi noma'lum bo'lgani uchun sizlardan ellik kishi Abdulloh ibn Sahlni
yahudiylar o'ldirgan, deb qasam ichsin", dedilar. Ular: "Yo Rasu-lalloh! Biz uni yahudiylar
o'ldirganini ko'rgan emasmiz", deyishdi. Rasululloh: "Unday bo'lsa, yahudiylardan ellik
kishi uni biz o'ldirgan emasmiz, deb qasam ichadi", deganlarida, ular: "Biz yahudiylar
qasamiga ishonmaymiz, chunki ular kofir, yolg'ondan qasam ichmoqtsan qo'rqmaydilar",
deganlaridan keyin Rasululloh baytul-moldan uning xunini to'ladilar". Sahl Abi Xasma:
"Men o'sha tevalardan biggasini uchratdim. U meni tepdi", dedilar.
166-bob. Kattalardan avval fikr aytmaslik haqida 365. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir kuni Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga
zarar yetkazmaslikda musulmon kishiga o'xshagan bir daraxt bor. Alloh taolo amri bilan
u daraxt hamma vaqt mevasini beraveradi va yerga to'kilmaydi, shu qaysi daraxt,
bilasizmi?" - deb so'radilar. Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Bu xurmo daraxtidir", degan fikr
mening xayolimga keldiyu, lekin Abu Bakr Siddiq (r.a.) va otam Umar (r.a.)lar javob
qaytarmaganlari uchun men buni aytmoqni o'zimga ma'qul ko'rmadim. Keyin Rasululloh
(s.a.v.) o'zlari: "Bu xurmo daraxtidir", dedilar. Shundan keyin men otam bilan chiqib
ketayotganimda otamga: "Rasululloh (s.a.v.) aytayotgan bu daraxtlari xurmo ekanligi
xayolimga kelgan edi", dedim. Shunda otam: "Nega aytmading, agar aytganingda, men
uchun falon-falon narsalardan ham yaxshiroq bo'lar edi", dedilar. Men: "Siz ham, Abu
Bakr Siddiq (r.a.) ham so'zlamaganlaringizdan keyin men gapiripshi o'zimga munosib
ko'rmadim", dedim".