Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
61
Izxir - Arabistonda o'sadigan xushbo'y o't, o' yoqilg'i sifatida ham, tom yopish uchun
qamish o'rnida ham ishlatiladi.
382. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir kishi yosh bolasini
quchoqlagan holda olib keldi. Rasululloh (s.a.v.) undan: "Bolangga rahm qilasanmi?" -
deb so'raganlarida u: "Albatta rahm qilaman", dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Sen
shu bolangga qancha marhamatli bo'lsang, Alloh taolo senga undan ham marhamatliroq
bo'ladi, chunki u hamma mar-hamatlilarning marhamatlirog'idir", dedilar".
383. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir kishi yo'lda
ketayotab, qattiq taisha bo'ldi. Yo'lida bir quduq ko'rinib qoldida, uning ichiga tushib
suvidan ichdi. Quduqdan qaytib chiqqan vaqtida bir it tashnaligidan hansirab, xo'l
tuproq
yalayotganini ko'rdi-yu, bu bechora menga o'xshash tashna ekan, deb o'yladida, qayta
quduqqa tushib, maxsisiga suvdan to'ldirib chiqib itga ichirdi. U kishining qijan ishi Alloh
taologa maqbul bo'lib, gunohini kechdi", dedilar. Shunda sahobiylar: "Yo Rasulalloh!
Hayvonlarga qilingan yax-shiligimiz uchun ham bizlarga savob bo'ladimi?" deb so'rashdi.
Rasululloh (s.a.v.): "Har bir yumshoq jigarga qilingan yaxshilik uchun savob bo'ladi",
dedilar".
Yumshoq jigar - tirik jonivor ma'nosida. Bu hadis mazmunidan shariatda o'ldirishga
buyurilgan ilon, chayon kabilardan bo'lak hamma jonivorlarga yaxshilik qilish va ozor
bermaslik kerakligi namoyoi bo'ladi.
384. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir xotin urg'ochi
mushukni ochlikda saqlab o'ldirganligi uchun do'zaxga tushdi. Xudo bilsin, bu mushukni
qamab qo'yganingda na taom va na suv bermading yoki yerdagi hasharotlardan tutib
yemog'i uchun o'z holiga qo'ymading, deb azoblansa kerak", deb marhamat qildilar".
385. Abdulloh ibn Amr Oss (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga
rahm qilsangiz, Alloh taolo ham sizning xato va gunohlaringizni yashiradi. So'z
suzgichlariga va o'zlari bilib turib qiladigan yomon ishlarida
davom etaveradigan
kishilarga Ham vayl bo'lsin", dedilar".
Vayl - xafalik, azob, halokat va do'zax ma'nosida ishlatiladi. So'z suzgichlari, ya'ni, sirni
suzgichga o'xshab o'z ichida saqlamay, tashqariga chiqarib yuboradigan kishi .
386. Abu Umoma (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim rahmdil bo'lib,
hatto
so'yiladigan hayvonga ham rahmi keladigan bo'lsa, qiyomat kuni Alloh taolo unga
marhamat qiladi", dedilar".
Dostları ilə paylaş: