Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
62
178-bob. Qushlarni qafasda saqlash haqida
388. Hishom ibn Urva (r.a.)dan
rivoyat qilindi, u kishi : "Ibn Zubayr Makkada bo'lgan
vaqtlarida shunga guvoh bo'ldilarki, sahobiylar qushlarni qafasda ko'tarib olib yurishar
ekan".
389-hadis 134-bobdagi 271-hadisning takrori.
179-bob. Odamlar orasida yaxshilik tarqatish haqida
390. Aqaba ibn Mu'zit (r.a.)ning qizi Ummu Qulsum (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning:
"Kishilar orasini tuzatshp, sulhga keltirish uchun "yaxshiliklarini
gapiradigan kishini
yolgonchi deb aytilmaydi", degan hadislarini eshitab rivoyat qiladilar. Ummu Qulsum:
"Men Rasululloh (s.a.v.)dan odamlar orasini isloh qilish uchun yolgon so'zlash, er o'z
xotinining ko'nglini ko'tarish uchun unga yolg'ondan va'da qilish va xotin erining
muhabbatini o'ziga jalb qilish uchun ba'zan yolg'on gaplarni so'zlash, mana shu uch
holatdan bo'lak vaqtda kishilar orasida bo'ladigan yolgon gaplardan
hech biriga ruxsat
berganlarini eshitmadim", dedilar.
180-bob. Yolg'on gapirmoq durust emas
391. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi. Bu kishi aytdilar: "Nabiy muhtaram
(s.a.v.): "Rost gapiringlar, chunki rostgo'ylik yaxshiliklarga boshlaydi va bu yaxshiliklar
esa jannatga yo'llaydi.
Kishi rost gapiraversa, u Alloh taolo huzurida juda rostgo'y deb
yozilib qoladi. Yolg'on gapirishdan o'zlaringizni saqlang, chunki yolg'on gapirish hamma
buzuqliklarga olib boradi, buzuqlik esa do'zaxga yo'llaydi. Kishi yolg'on gapiraversa,
Alloh huzurida yolg'onchi bo'lib yozilib qoladi", deganlar".
392. Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Xoh chindan,
xoh hazil
tariqasida yolg'on so'zlamoq ham, biror narsa va'da qilib, uni amalga oshirmaslik ham
durust emas", dedilar.
Dostları ilə paylaş: