Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
7
o’sha odam uning ota-onasini ham so’kadi, shu bilan u bilvosita o’z ota-onasini so’kkan
bo’ladi.
28. Abdulloh ibn Amr (r.a.): "Kimki otasining so’kilishiga sabab bo’lsa, Alloh taolo oldida
katta gunohga qoladi". dedilar.
15-bob. Ota-onaga oqq bo’lishning uqubati haqida
29. Abu Bakr (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh(s.a.v.): "Azob-
uqubat qiyomat kuniga asrab qo’yilgandan tashqari, shu dunyoning o’zida ham
insonning o’ziga jabr yetkazadigan gunoh - kishilarga
zulm qilish va qavm-
qarindoshlarga qilinadigan silai rahmni uzib qo’yishdir", dedilar.
30. Imron ibn Husayn (r.a.) aytdilar: "Rasululloh sahobiylardan: "Zino qilish, mast
qiladigan ichimliklarni ichish va o’g’rilik qilish haqida nima deysizlar?" - deb so’radilar.
Ular: "Bularning hukmini Alloh taolo va uning Rasuli biladilar", deb javob berdilar.
Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Bular o’ta-ketgan qabohat ishlar bo’lib, oxiratda ham, bu
dunyoning o’zida
ham ularning uqubati, jazosi belgilangandir. Men sizlarga gunohlarning
eng kattalarini aytib beraymi?" Ular: "Alloh rabbilolamiynga shirk
keltirish va ota-onaga
oqq bo’lish", dedilarda, suyanib o’tirgan holatlarini o’zgartirib tiz cho’kib
oldilar va
"hamda yolg’on so’zlash" , deb qo’shib qo’ydilar.
16-bob. Ota-onaning yig'lashi haqida
31. Abdulloh ibn Umar (r.a) "Ota-onaning yig'lashi boladan norozi bo'lganliklari-
dan dalolat beradi va bu esa katta gunoh pardadir", dedilar.
Dostları ilə paylaş: