www.ziyouz.com kutubxonasi
71
205. Musulmonni kofir demoq haqida 444. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qshshndi: "Rasululloh (s.a.v.): "Qaysi bir kishi
musulmon birodariga qarata kofir desa, shu so'z tufayli ikkisidan biri kufrga ketadi",
dedilar".
445. Ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:
"Agar bir mo'min birovni kofir desa, ikkisidan biri albatga kofir bo'ladi. Agar kofir dedigi
kishi haqiqatdan ham kofir bo'lsa, to'g'ri aytgan bo'lib chiqadi. Agar aytgani to'g'ri
bo'lmasa, aytgan odamning o'zi kufrga ketgan bo'ladi".
Bu ikkita hadis mazmuni 437-438-hadislarda ham qisman bor va ular Abu Zarr G'iforiydan rivoyat qilingan. 206-bob. Dushmanlar kulgisidan Allohtsan panoh so'rash haqida 446. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) Alloh taoloning yomon
qazoyi kadaridan va dushmanlarga kulgi bo'lishdan panoh so'rardilar".
207. Isrof 447. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.):
"Sizlarning uchta ishin-gaz uchun Alloh taolo rozi va uchta ishingiz uchun g'azablik
bo'ladi: birinchisi, ibodatai Allohning o'zigagina qilib, boshqa narsalarni unga sherik
qilmasli-gangazga; ikkinchisi, Alloh taoloning dini va Kur'oniga e'tiqod qilmog'ingizga;
uchinchisi, Alloh taolo sizga boshliq qilib qo'ygan kishiga xayrixoh bo'lmog'ingizga rozi
bo'lsa, bo'lar-bo'lmas gapni naql qilishib yurmog'ingizga, ko'p surishtiravershplik yoki
so'rashlik (gadoylik qilish) va molni noo'rin yerlarga sarf qilib zoe qilmog'ingizga
g'azablanadi", dedilar".
Bu hadisning qisman mazmuni 16-hadisda ham bor. 448. Abdulloh ibn Abbos (r.a.): "Alloh taoloning: "Biror narsani (muhtojlarga xolis)
ehson qilsangiz, bas, (Alloh) uning o'rnini to'ldirur. U rizqlantiruvchilarning yaxshisidir",
(34:39) degan oyatga "isrof ham, tanglik ham qilmasdan sarflasangiz", deb izoh bergan
edilar.