Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
73
chunki binolarning baland bo'lishi yomon kunlaringizdan biri
ekanligining alomatidir, deb
xat yuborganlar", dedi".
213-bob. Rasululloh (s.a.v.) uylarini ta'mirlaganlari haqida
458. Habba ibn Xolid bilan Savo ibn Xolid (r.a.) aka-uka ikkalasi Nabiy muhgaram
(s.a.v.)ning huzurlariga kelishgan edi. Shu vaqtda Rasululloh (s.a.v.) imoratning
devorini (boshqa rivoyatda: uyni) tuzatayotgan edilar.
Shunda aka-uka Rasululloh
(s.a.v.)ga qarashishdi.
459. Qays ibn Abi Hozimdan rivoyat qilindi. U kishi aytdilar: "Bizlar Xabob ibn Aratning
betobligini so'rashga kirdik. U kishi qorinlarini davolash uchun yetti martaba kayy
qildirgan edilar. U kishi: "Bizdan ilgari o'tgan birodarlarimiz
dunyo maishatiga berilmay,
savoblarini to'liq, kamaytirmay olgan edilar. Bizlar esa, shu qadar boyliklarga erishdikki,
uni tuproqdan bo'lak qo'yadigan joy topmadik. Rasululloh (s.a.v.) o'zimizga o'lim tilashni
man qilmaganlarida men albatta o'zimga Alloh taolodan o'lim so'ragan bo'lardim",
dedilar".
"Kayy" - arablardagi eski tabobatda ba'zi kasalliklarni davolash uchun kuydirilar edi.
Uni tuproqdan bo'lak qo'yadigan joy topmadik -ya'ni hammamiz boy bo'lib, sadaqani
qabul qiladigan kishi qolmadi.
460. Qays ibn Abi Hozim aytdilar: "Biz ikkinchi marotaba Xabob
ibn Aratning huzurlariga
keldik. U zot o'zlariga qarashli (yoki uyning) bir devorni tuzatayotgan edilar. Shunda:
"Musulmon kishiga tuproqqa ketkazadigan sarfidan bo'lak hamma sarflari uchun albatta
ajru savob beriladi", dedilar".
Tuproqdan murod - maqganish uchun hojatdan tashqari qilinadigan imoratlar, masjid,
madrasa, maktab, yetimxona va yotoqxona kabi sadaqai joriya niyatida qilinadigan
binolar bunga kirmaydi.
461. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Men o'zi-mizning cho'p va qamishdan qilingan
uyimizni (bu-zib, qayta) tuzatayotgan vaqtimda Rasululloh (s.a.v.) o'tib qoldilar-da:
"Nima qilayotibsiz?" - deb so'radilar. Men: "Yo Rasulalloh, uyimizni isloh qilayo-tibman",
degan edim. Rasululloh (s.a.v.): "Ish bun-dan ko'ra tezroqdir", dedilar".
Ishdan murod - o'limdir, ya'ni buzilmay turgan uyingni tuzatgu-ningcha balki o'lim kelib
qolar. Buni tuzatishdan ko'ra amalni tu-zat, demoqchi bo'ldilar.
Dostları ilə paylaş: