Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
74
Ikkimiz boloxonadan tushdik. Keyin hz. Anas mayda qadam tashlab yura boshladilarda,
so'ng hikoya qildilar: "Men Zayd ibn Sobit bilan birga edim. Shunda u kishi ham xuddi
men hozir yurganim-dek yurdilar va Rasululloh
ham shunday sekin-sekin yurib, keyin
"Ey, Zayd, mening shunday yurishimning sababini bilasanmi?" - deb so'rabdilar, shunda
Zayd: "Alloh taolo va uning Rasuli yaxshiroq biladilar", debdilar. Shunda Rasululloh
(s.a.v.): "Namozga borayotganimizda tashlayotgan qadamimizning soni ko'p bo'lsin, deb
shunday mayda qadam tashlab yurayotibman", degan ekanlar".
Zoviya - Madinai munavvaraning chekkasidagi bir joy nomi
216-bob. Imoratlarni naqshlash haqida
464. Abu Huray (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Odamlar uylarini naqshlar
bilan bezaydigan davr kelmaguncha qiyomat bo'dmaydi", dedilar".
465. Mug'ira ibn Shu'ba (r.a.)ning kotiblari Varrod aytdilar: "Hz. Muoviya Mug'iraga
Rasululloh (s.a.v.)dan eshitgan hadislaringdan menga yozib yubor, deb xat yubordilar.
Shunda Mug'ira: Nabiy muhtaram (s.a.v.) har bir farz namozning
oxirida yoki undan
keyin: "Lo iloha illallohu vahdahu, lo sharika lah, lahul mulku va lahu-l-hamd. Va huva
alo kulli shay'in qadir, Allohumma lo mone'a limo a'taytaa va lo mu'tiya limo mana'ta va
lo yanfa'u za-l-jaddi minkal-jadd"
ka-limalarini aytar edilar, deb yozdilar. Yana u kishi
shu xatida Rasululloh (s.a.v.) bo'lar-bo'lmas
gaplarni naqya qilib yurishdan, ko'p savol berishdan, molni noo'rin
yerlarga zoe
qilishdan, ona va otalarga oq bo'lishdan, qiz bolalarni tiriklayin ko'mishdan va so'ragan
kishilarga bermay, olib kelaver, demakdan qaytarganlar, deb yozib yubordilar".
Kalimaning ma'nosi: Allohdan bo'lak xudo yo'q, u yolgaz, sherigi yo'q, chin egalik va
hamdlar unga xosdir. Alloh taolo o'zi xohlagan narsani qilishga qodir. Ey, Alloh! Sen
nimani bersang, uni hech kim man' qilolmaydi va man' qilganingni boshqalar
beraolmaydi. (Dunyoda) boylikka erishgan kishilarga boyligi (oxiratda) foyda ber-maydi
(bunga boshqa izohlar ham bor).
Bu hadis mazmuni 16-hadisda va 447-hadisda qisman bor.
466. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech biringizni dunyoda qilgan
amallari do'zaxdan qutqazolmaydi", dedilar. Sahobiylar: "Yo Rasulalloh,
sizning ham
amallaringiz qutqazmaydimi?" - deb so'rashganda, Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo
menga rahm qilmasa, amallarim meni ham qutqazmaydi", dedilar. Yana Rasululloh
(s.a.v.): "To'g'ri yo'lda bo'linglar. Erta bilan va kechqurun
va kechaning bir qismida
ibodat bilan mashg'ul bo'ling, imorat qilishda ham o'rtacha holni tuting. Shunda
mo'ljalga yetasizlar", dedilar".
Dostları ilə paylaş: