Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
77
men bu toycha katga bo'lib minishga yarokdi bo'lguncha yasharmidim deb, uni so'yib
yuborardik. Shundahz. Umar (r.a.)dan bizga: "Alloh taolo sizga
bergan rizqni isloh
qiling, tuzatinglar. Chunki qiyomat qoyim bo'lishi hali uzoq va balki ta'xir bo'lar", degan
mazmundagi xatlari keldi".
Ya'ni yangi tug'ilgan molni boqib katta qilinglar va ko'paytiringlar
486. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Birortangiz
ekish
uchun qo'lingizda bir ko'chatni ushlab turgan vaqtingizda qiyomat qoyim bo'lib qolsa-yu,
qoim bo'lishidan ilgariroq uni ekib olishga ko'zingiz yetsa, albatta ekib qo'ying", dedilar".
487-hadis. Dovud ibn Abi Dovud aytdilar: "Menga Abdulloh ibn Salom: "Sen bir ko'chatni
ekayotgan vaqtingda,
Dajjol chiqib qolibdi, deb eshitsang ham,
uni tuzatib ekishga
harakat qil, chunki undan keyin Ham odamlar yashaydi", dedilar".
223-bobdagi 488-hadis "Ota-onaning duosi" degan 17-bobdagi 32-hadis-ning aynan
takrori.
224-bob. Allohdan rizq so'rash haqida
489. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi Nabi muhtaram (s.a.v.)ning
minbar ustida Yaman tomonga qarab: "Ey, Alloh, bularning ko'ngli-ni bizga moyil qil!"
deganlarini, Iroq tomonga va boshqa hamma tomonlarga
ham qarab shunday duo qilib,
keyin: "Ey, Alloh, yerning boyligidan rizqimizni ber! Bizning madd va so'larimizga
barakot ber", deb Allohdan so'ragan-larini eshitdim, dedilar.
Madd - o'lchov miqtsori bo'lib, bir so'ning to'rtdan biriga yoki ikki ratl (bir ratl 449, 28
gr)ga teng, so' esa besh va uch chorak ratl (yoki sakkiz ratl)ga tengdir.
Dostları ilə paylaş: