Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
78
494. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Zulmdan saqlaning, zero
zulm qilgan kishi qiyomat kuni zulmat ichida bo'lg'usidir. Yomon so'z va ishdan
saqlaning, zero Alloh yomon muomalalik va yomon ish qilganlarni sevmaydi. Baxillik va
hirsdan saqlaning,
binobarin, bu narsa sizdan ilgari o'tganlarni ham qarindoshlik
rishtalarini uzishga va haromni halol deb qabul qilishga rag'batlantirgan"", dedilar".
Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilingan 495-hadis 494-hadisning takrori.
496. Abu Duho (r.a.) aytdilar: "Masruq bilan Shutayr ibn Shakl Abdi (r.a.)lar masjidda
birga bo'lib qolishdi. U yerda halqa-halqa bo'lib o'tirgan kishilar bu ikki olim atrofiga
to'planishdi. Shunda Masruq Shutayrga qarab: "Bu odamlar bizdan yaxshi gap eshit-
moquchun to'planishgan bo'lsa kerak, deb o'ylayman. Endi siz Abdulloh ibn Mas'uddan
hadis
rivoyat qilasiz, men esa qilgan rivoyatingizning to'g'riligini tasdiqlayman yoki men
rivoyat qilaman, siz uni tasdiqlaysiz", dedilar. Shutayr: "Mayli, siz rivoyat qiling', men
unga guvoh bo'laman!" - dedilar. Shundan keyin Masruq: Abdulloh ibn Ma'sud: "Ikki
ko'z, ikki qo'l va ikki oyoqlarning zinosi bo'ladi. Bularning zinosini egalarining farji
(avrati) amalga oshirib, haqiqatga chiqaradi yoki rad qilib, yolg'onchiga chiqaradi",
degan so'zlarini eshitganmisiz? - dedilar. Shutayr: "Ha, bu so'zlarini
men ham
eshitganman", dedilar. Masruq yana: "Abdullohning Kur'oni karimdagi: "Kimki Allohga
taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo'lini (paydo) qilur" (65:2), degan oyatidan
ko'ra tezroq najot topishga undaydigan oyat yo'q, degan so'zlarini siz eshitganmisiz?",
deganda, Shutayr, "Ha, men ham Abdullohning shu so'zlarini eshitganman", dedilar.
Masruq yana: "Abdullohning Qur'ondagi: "Ey o'ziga isrof-zulm qilgan bandalarim! Alloh
taoloning rahmatidan noumid bo'lmanglar" (39:53-oyat), deyilgan oyatdan ko'ra Allohga
tavakkul qilishga ko'proq undovchi oyat yo'q, deganlarini eshitgan bo'lsangiz kerak",
dedilar. Shutayr: "Ha, eshitganman", dedilar".
497. Abu Zarr G'iforiy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qiddilar: "Rasululloh (s.a.v.):
"Alloh taolo: "Ey, bandalarim! Men zulm qilmoqni o'zimga
harom qilganman va shu zulm
qilmoqni sizlarga ham harom qildim. Binobarin, sizlar bir-birlaringizga zulm qilmangizlar.
Ey, bandalarim, sizlar kechayu-kunduz gunoh bo'ladigan yshlarni qilasiz. Men hech
parvo qilmay, gunoxlarni kechiraveraman. Shuning uchun uni kechirmoqni faqat
o'zimdangina so'rang. Ey, bandalarim, men taom bermasam
hammalaringiz och qolasiz,
taomni mendan so'rang! Men beraman. Men kiyim-bosh bermasam hammalaringiz
yalang'och qolasiz, kiyimboshni mendan so'rang, ularni sizga men o'zimgina beraman.
Ey, bandalarim! Sizlarning avvaliyu oxiringiz va insu jinlaringiz hammasi zo'r taqvodor
bo'lganda ham mening molikligimga hech narsa orttirmaydi yoki hammalaringiz o'ta
ketgan fojir bo'lganda ham mening mulkimdan hech narsa kamaytirmaydi. Agar hamma
maxluqotim bir yerda jam bo'lib, har qaysisi o'z maqsadini so'rasa va hammasiga
so'raganini
bersam ham, mul-kimdan dengiz ichiga tashlangan ingichka ip shimgan suvi
miqdoricha ham kamaymaydi. Ey, bandalarim! Qilgan amallaringizni o'zlaringiz uchun
saqlab qo'yaman. Kim amallarida yaxshilikni uchratsa, Alloh taologa hamdu sano aytsin.
Yaxshilik-ni emas, yomonlikni uchratsa, u vaqtda faqat o'zinigina malomat qilsin", deb
aytgan dedilar". Roviylardan Abu Idris Xavloniy (r.a.)
bu hadisni rivoyat kdlgan
vaqtlarida Allohning hurmati uchun tiz cho'kib o'tirardilar.
Dostları ilə paylaş: