Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
81
uning
barcha gunoxlarini avf etib, jannatga doxil qilur".
510-hadis 509-hadisning takrori bo'lib, Anas ibn Molik bu hadisi sharifga "Shoyad
xastaga shifo bersa, uni rohatga muyassar qilur", degan jumlani qo'shganlar.
511. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ga bezgak kasalligi kelib, meni eng
yaxshi ko'radigan kishilaringizga yuborsangiz, deb iltimos qildi. Rasu-lulloh (s.a.v.) uni
ansorlarga borishga tavsiya qildilar. bezgak ular jismida olti
kecha-yu olti kunduz turib
qoldi. Bu hol ansorlarga og'ir tushdida, Rasululloh (s.a.v.)ga borib shikoyat qilishdi.
Rasululloh (s.a.v.) ularning hovli va uylariga birma-bir kirib, Alloh taolodan shifo
berishini so'rab, duo qildilar. Keyin qaytib ketayottanlarida bir xotin ergashib kelib:
"Sizni payg'ambar qilib yuborgan Alloh
nomi bilan qasam ichib aytaman, men ham,
otam ham shu ansorlardanmiz. Ular haqiga duo qilganingizdek, mening haqimga ham
duo qilsangiz", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Xo'p, agar istasang,
men Alloh taolodan shifo
berishini so'rab duo qilaman, istasang sabr etasan, Alloh taolo senga jan-nat beradi",
dedilar. U xotan: "Unday bo'lsa men sabr etaman va jannatni hech narsaga
almashmayman", dedi".
512. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Menga tegadigan dardlarning
eng yaxshisi bezgaqdir,
chunki bezgak kelganda mening hamma a'zolarimga kiradi. Alloh taolo savobdan har bir
a'zoimga o'z hissasini beradi".
513. Abu Nuhayla (r.a.)dan rivoyat qilindi: U kishidan: "Bir duo qiling!" - deb so'radtsi. U
kishi: "Ey, Alloh! Betoblikni kamaytir, ammo ajru savobini ka-maytirma", deb duo
qildilar. Yana: "Duo qiling!"
deyilganda, u zot: "Ey, Parvardigorim! Meni o'zingga yaqin
kishilardan qilgin, o'z onamni esa, jannatdagi huri aynlardan qilgin!" - deb duo qildilar.
514. Ato ibn Abi Raboh (r.a.)aytdilar: "Mendan Abdulloh ibn Abbos (r.a.): "Senga jannat
ahllaridan bo'ladigan bir xotinni ko'rsataymi?" - deb so'radilar.Men: "Ha, ko'rsating",
degan edim, u kishi: "O'sha mana bu qora xotin. U Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib:
"Men tutqanoq kasalligi bilan og'rib qolaman. Shunda o'zimni
bilmay badanim ochilib
ketadi. Men uchun bir duo qiling!" - dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Istasang sabr
qilasan, senga jannat nasib bo'ladi. Istasang Alloh taolodan bu dardingga shifo berishni
so'rayman", dedilar. U xotin: "Sabr etaman, lekin badanim ochilib qolishini qanday
qilaman? Duo qiling, badanimning ochilishi yo'q bo'lsin", dedi. Rasululloh (s.a.v.) duo
qildilar".
515-hadis mazmuni 506-hadisda bor va bu Ibn Jurayjdan rivoyat qilingan. Abu
Hurayradan rivoyat qilingan 516-hadis ham shu hadisning mazmushdandir. Jobir ibn
Abdumohdan rivoyat qshingan 517-hadisda ham shu mazmun.
Dostları ilə paylaş: