Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
82
yoki o'ldirilsangu, shunga sabr etib savob olmagunimcha yoxud g'alaba qozonganingni
ko'rib, ko'zim quvonmaguncha o'lishni istamay-man.
Senga bir reja taklif qilinsa, uni
qilishdan o'zingni ehtiyot qil! Chunki u senga keyin muvofiq kelmay qolib, o'limdan
qo'rqqaningdan qabul qilishga majbur bo'lib qolasan", dedilar".
Asmo' (r.a.) hz. Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning qizlari. U zot xz Oyisha (r.a.)dan katta edilar.
Homilalik holida Madinaga xij-rat qilib ketayotganida, Qubo degan joyda Abdulloh ibn
Zu-bay-rni tug'dilar. Asmo' Zubayr ibi Avomning xotini bo'lib, keyin undan taloq bo'lgan
edilar. Abdulloh ibn Zubayr Islom paydo bo'lgan-dan keyin musulmonlar orasida birinchi
tug'ilgan far-zand bo'ldi-lar va Rasulullohning o'zlari tabarruk og'izlarvda chaynalgai xur-
mo bilan uning tanglayini ko'tardilar.Ikki taraf - ikki qo'l va ikki oyoq bo'lib, shu
a'zolaring shi-kastlanmaguncha, deyilmoqchi. Asmo' o'g'illari Abdulloxdan oldin vafot
etishni xohlamadilar. Chunki Abdulloh shahid bo'lishini yoki g'alaba qozonganini ko'rib,
xursand bo'lish umidida edilar. Bu al-batta o'g'lilariga bo'lgan xayrixohliklarining
nishonasi edi.
519. Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi. Bu kishi Rasululloh (s.a.v.) isitmalanib,
ustlariga shokilalik kiyimlarini tashlab yotgan vaqtlarida
huzurlariga kirib, badanlariga
qo'llarini tekkiz-gan edilar, kiyimlari ustidan isitmaning haroratini sezib: "Yo Rasulalloh!
Isitmangiz juda qattiq-ku", deganlarida Rasululloh (s.a.v.): "Ha, shunday. Biz
(payg'ambar)larga Alloh taoloning balosi qatgiq bo'ladi va shuning uchun
ajru savobimiz
ham necha barobar ziyoda qilinadi", dedilar. Abu Said: "Yo Rasulalloh! Odamlarning
qaysilariga balo qatgiqroq bo'ladi?" - deb so'radilar. Rasul-ulloh (s.a.v.): "Payg'ambarlar
va solih bandalarga (boshqa kipshlarga nisbatan) qatgaqroq bo'ladi. Shulardan qaysilari
kambag'allikka mubtalo bo'lib, faqat old tomoni ochiq bitga kiyimdan bo'lak kiyadigan
narsasi bo'lmay, shunga o'ralibgina yurgan, ba'zilari bitlab ketishga mubtalo bo'lib,
Hatgo
u bitlar uni chaqaverib, o'ddirishgacha olib borgan edi. Ularning (payg'ambarlar
va solih bandalarning) Alloh taolo tomonidan yuboriladigan baloga shodliklari sizlarning
farovonlikka bo'ladigan shodliklaringizdan ham ko'proq bo'ladi", dedilar.
Dostları ilə paylaş: