232-bob. Xotini xasta bo'lgan kishiga shafqat 522. Ibrohim ibn Abi Abladan rivoyat qiliqdi, u kishi aytdilar: "Xotinim betob bo'lib qoldi.
Shu vaqtda men Ummu Dardo (r.a.) oldilariga borardim. Ummu Dardo mendan: "Ahling
(xotining) qalay?" - deb so'radilar. Men: "Xotinim hamon betob", desam, u kishi menga
taom keltirib ovqatlantirib yuborardilar. Yana bir borganimda xotinimning holini
so'radilar. Men: "Biroz tuzalib qoldi", degan edim, Ummu Dardo: "Xotinim betob deb
yurganing uchun senga taom berar edim. Endi u tuzalib qolgan bo'lsa, men senga taom
berolmayman", dedilar".
233-bob. A'robiylarni ziyorat qilish haqida 523. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasululloh (s.a.v.) bir
a'robiyning betobligini so'rash uchun kirdilarda: "Bu kasallikning senga zarari yo'q. Bu
seni, inshoalloh, gunoxlardan poklaydi"dedilar. Shunda a'robiy: "Bu chol kishini qabrga
olib borish uchun qaynab toshib turgan isitma-ku", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Xayr,
unday bo'lsa, sening aytganing bo'lsin!" - dedilar", deb naql qiddilar.
Imom Tabaroniy rivoyatlariga qo'ra a'robiy ertasi kechquruts vafot etgan . 234-bob. Bemorni ziyorat qilish fazilati 524. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Bir kuni Rasululloh (s.a.v.): "Kim
bugun erta bilan ro'zador bo'lib turdi?" - deb sahobiylarqdan so'ragan-larida, Abu Bakr
Siddiq: "Men", dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan qaysi biringiz bugun bir bemor-ni
borib ko'rdi?" - dedilar. Abu Bakr Siddiq: "Men", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) yana: "Qaysi
biringiz biror kishiga janoza o'qishda hozir bo'ldingiz?", deb so'raganlarida ham Abu Bakr
Siddiq: "Men", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) yana: "Bugun qaysi biringiz birorta miskinga
taom berdi?" - deganlarida ham Abu Bakr Siddiq: "Men", deb javob berdilar", deb hikoya
qila-dilar. Bu hadis roviylaridan Marvon degan kishi Rasululloh (s.a.v.)ning: "Mana shu
xislatlar kimda jam bo'lgan bo'lsa, albatga jannatga kiradi", degan gapla-rini men ham
eshitganman, dedilar.
Boshqa bir rivoyatga ko'ra Abu Bakr Siddiq (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shu va'dalarini eshitib: "Yo Rasulalloh, shunday inii ikki dunyoda ham hasrat va zoelikni ko'rmagan bo'ladi, albatta", degan edilar, Rasululloh (s.a.v.): "Siz ham shunday kishilardan-siz, deb umid qilaman", dedilar