O`ZBEK TILINING IMLO QOIDALARI
Lug`aviy, grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning h a m m a
ko`rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilarga oid me’yorlar adabiy tilning
faqat yo z m a shakli uchun, to`g`ri talaffuz me’yorlari esa faqat o g` z a k i nutq
shakli uchun xosdir.
O`zbek adabiy tili milliy tilning bir qismi bo`lib fonetik, leksik, grammatik
jihatdan sayqallashtirilgan, me’yorlashtirilgan tildir.
Adabiy til ikkita: og`zaki va yozma shaklga ega.
- og`zaki shakl – orfoepiyada
- yozma shakl – orfografiyada o`rganiladi
ORFOGRAFIYA: Adabiy tilning yozma shaklini, to`g`ri yozuv qoidalarini
(imlo qoidalarini) o`rganadi. Imlo qodalari quyidagi tamoyillarga – printsiplarga
asoslanadi:
Fonetik yozuv- bu yozuv qoidasiga ko`ra so`z o`zak-negizida birorta fonetik
hodisa kuzatiladi. Fonetik hodisalarga asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan yuz
beradigan tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilishi hodisalari kiradi.
Tovush tushishi - bunga ko`ra asosga qo`shimcha qo`shilishi natijasida asosda
unli yoki undosh tovush tushib qoladi. Masalan:
*past, sust so`zlariga –ay fe’l yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush tushadi:
pasay, susay.
*ikki, olti, yetti kabi sonlarga jamlovchi son qo`shimchasi qo`shilsa (-ov, -ala, -
ovlon) asosdagi i unlisi tushib qoladi: ikkov, yettalasi, oltov.
*men, sen kabi olmoshlariga qaratqich va tushum kelishiklari qo`shimchasi (–ni,-
ning) qo`shilsa: meni, seni, mening, sening.
*bag`ir, ko`ngil, shahar kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa ikkinchi
bo`g`indagi a, i, u kabi unlilar tushib qoladi: shahri, ko`ngli, bag`rim, burni kabi.
Tovush orttirilishi - bunda asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan asos tarkibida
undosh tovushlar orttiriladi:
*achi, isi, sasi so`zlariga –q so`z yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush
orttiriladi: achchiq, issiq, sassiq.
*u, bu, shu ko`rsatish olmoshlariga jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari (–
ga, -da, -dan) hamda – day, -cha qo`shimchalari qo`shilsa –n tovushi orttiriladi: unga,
bunga, shunga, unda, bundan, shundan, shuncha, bunday.
Dostları ilə paylaş: |