27
A harfi va raqamlar bilan markalanadi, raqamlar uglerodning
foizning yuzdan bir ulushlaridagi miqdorini ko‘rsatadi,
masalan, A12, A20 va h.k. Po‘lat tarkibida marganes miqdori
ko‘p bo‘lganda po‘lat markasiga G harfi qo‘shiladi — A20G.
Avtomat po‘lat boltlar, gaykalar, vintlar va hokazolar tay-
yorlash uchun ishlatiladi. Mustahkamligini oshirish maqsadida
sovuqlayin cho‘ziladi, natijada ular puxtalanadi. Masalan, A20
po‘latining mustahkamlik chegarasi 460—610 MPa dan 620—
800 MPa ga qadar ortadi. Tarkibida 0,20 % gacha S bo‘lgan
avtomat po‘latlar mustahkam po‘lat sifatida, uglerod miqdori
me’yordagidan ko‘p bo‘lgan po‘latlar esa sifati yaxshilangan
po‘lat sifatida ishlatiladi. Qo‘rg‘oshinli avtomat po‘latlar
(Pb=0,08—0,15 %) AS14, AS40 va hokazo tarzda markalanadi,
bunda raqamlar foizning yuzdan bir ulushlari hisobidagi uglerod
miqdorini ko‘rsatadi. Selenli avtomat po‘latlarda markaning
oxiriga E harfi qo‘yiladi, masalan, 5E.
List po‘latlar (qozonbop po‘latlar) quyidagi markalarda
ishlab chiqariladi: 12K, 15K, 16K, 18K, 20K, 22K; ularda
uglerod miqdori 0,08 dan 0,28 % gacha bo‘ladi.
Bir qoliðda quyish uchun (ayniqsa, transport mashina-
sozligida) mo‘ljallangan uglerodli po‘latlar foizning yuzdan bir
ulushlari hisobidagi uglerod miqdorini ko‘rsatadigan raqam va
L harfi bilan markalanadi, masalan, 15L, 40L.
Dostları ilə paylaş: