185
Portyer-Loulerlar ko’tishlar va adolatlilik nazariyalarini o’z ichiga
oluvchi, motivasiyaning jamlanma jarayoniy nazariyasini yaratishadi Ularning
modellarida beshta asosiy ko’rsatkich mavjud: sarf qilingan mehnat, qaror
qabo’l qilish, olingan natijalar, rag’batlantirish, qoniqqanlik darajasi.
Portyer-Louler modeliga binoan natijalar samarasi tadbirkor tomonidan
sarf qilingan mehnatiga, uning qobiliyatiga va xarakteriga, shuningdek,
o’zining rolini tushuna olishiga bog’liq. Qilinadigan mehnat darajasi,
rag’batlantirish qiymati va sarf qilingan mehnatning aynan shu darajasi,
haqiqatda o’z orqasidan ma’lum bir rag’batlantirishlar olib kelishiga ishonch
tuyg’usiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari, Portyer-Louler modelida
rag’batlantirish va natijalar orasidagi bog’liqlik belgilanadi, ya’ni tadbirkor o’z
ehtiyojlarini erishgan natijalariga beriladigan rag’batlar orqali qondiradi.
Portyer-Louler modeliga binoan tadbirkor erishgan natijalar uchta
ko’rsatkichga bog’liq bo’ladi:
sarf qilingan mehnat, inson qobiliyati va
xarakteri, shuningdek, sarf qilingan mehnat bilan daromad orasidagi
bog’liqlikni borligiga
ishonch.
Portyer-Louler larning asosiy xulosalaridan biri shundan iboratki,
natijaviy mehnat qoniqishga olib keladi. Bu esa ko’pchilik tadbirkorlarning
motivasiya haqidagi fikriga to’g’ridan to’g’ri qarama-qarshidir. Ular insoniy
munosabatlarning eski nazariyalari ta’siri ostidalar, ya’ni qoniqish mehnatning
yuqori natijalarga erishishiga olib keladi, yoki boshqacha qilib aytganda,
mamnun ishchi yaxshiroq ishlaydi, deb o’ylashadi. Porter va Lawler esa,
aksincha, bajarilgan ish tuyg’usi qoniqishga olib keladi va shunga ko’ra
samaradorlik ham oshadi, deb hisoblashadi.
Bu borada amalga oshirilgan tadqiqotlar, Portyer-Loulerlarning, yuqori
natijaviylik to’liq qoniqish natijasi bo’lmasdan, balki uning sababi bo’lib keladi,
degan nuqtai nazarini tasdiqlaydi.
D. O. Gebb (D. O. Hebb) ning fikricha, ishlab chiqarishdagi motivasiya,
asosan, tadbirkor faoliyati sifatini ko’tarish maqsadida, faoliyatni qo’llab-
quvvatlash va uni yo’naltirish kabi harakatlar bilan uzviy bog’liq jarayondir.
8
Dostları ilə paylaş: