O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


  2-guruh uchun tarqatma material



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/175
tarix04.11.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#118948
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   175
psixologiya

 


219 
2-guruh uchun tarqatma material 
Stress haqida tushuncha, uning ijobiy va salbiy oqibatlari 
Bizning hayotimizda sodir bo’lib turadagian ixtiloflarning ko’plari 
ko’pincha qo’shimcha asab tarangliklariga olib keladi, stressli vaziyatlarga,
stresslarni boshqarish zarurligiga sabab bo’ladi.
Stress – degan tushuncha texnika sohasidan o’zlashtirib olingan bo’lib, u 
yerda turli jismlar va qurilmalarning zaruriy yuklanishiga qarshi tura olish 
qobiliyatini bildiradi. Har qanday qurilma mustahkamlik chegarasiga ega 
bo’lib, bu chegaradan oshib ketish uning buzilishiga olib keladi.
Stress tushunchasini ijtimoiy psixologiya sohasiga ko’chirish o’ziga shaxs 
holatining bir qator turlarini qamrab oladiki, ularni voqyealarning ko’poigi 
keltirib chiqaradi, Bular mag’lubiyat yoki g’alabadan ijodiy kechinmalar va 
shubhalargacha bo’lgan voqyealardir. Ayrim mutaxassislarning hisoblashicha,
stress – bu dunyodagi shunday bir bosimki, u hissiy diskomfort (komfortning 
tanqisligi). Holatiga olib keladi. Boshqalarning fikricha, hissiy diskomfort – 
bu stressdir, uni bosim yoki stresslar deb ataladigan shartlar keltirib chiqaradi.
Umuman olganda, stress tez-tez uchrab turadigan hodisadir. Unchalik 
ahamiyatga ega bo’lmagan stresslar muqarrar va zararsiz bo’lib, haddan 
tashqari ortib ketgan stress esa shaxs uchun ham, korxona va tashkilotlar uchun 
ham qiyinchiliklar, qo’yilgan maqsadlarni qo’lga kiritishda muammolar keltirib 
chiqaradi.
Stress deganda biz insonning atrofdagi stimullarga yoki stresslarga 
jismoniy, kimyoviy va psxologik reasiyalari majmuni tushunamiz. Bunda atrof-
muhitdagi kuchlar insonning fiziologik va psixologik funksiyalarini 
muvozanatdan chiqaradi.
Stress holatini jismoniy, psixologik omillar majmui, ya’ni stressorlar 
keltirib chiqaradi.
Hayotimizda stresslar bo’lib turishi tufayli ularni boshqarishni, ular 
keltirish mumkin bo’lgan zararni kamaytirishni bilish zarur. Insonning 
stresslarga ko’nikish usullari bir nechadir.
Birinchi usul – tashkilot darajasidagi usul bo’lib, siyosatdagi, ishlab 
chiqarish tuzilmasidagi xodimlarga nisbatan qo’yiladigan aniq talablarni ishlab 
chiqishda, ularning faoliyatiga baho berishda o’zgarishlar ro’y berishi natijasida 
sodir bo’ladi. Bunday o’zgarishlar stressli vaziyatlarning manbaini barham 
toptiradi.
Ikkinchi usul – ayrim shaxs darajasidagi usuldir. Bu usul shundan 
iboratki, stresslarni betaraflash bo’yicha maxsus dasturlardan foydalanib,
stresslarni boshqara bilishdir. Bunday dasturlar meditasiya, trening, mashqlar,
parhyez va ba’zan ibodat qilishni ham o’z ichiga oladi


220 
Stresslarni betaraflashtirish usullari 
Usulning nomi 
Usulning qisqacha tavsifnomasi 
Rejalashtirish
Shaxsiy yoki kasb hayotida ko’pgina muammolarni rejalashtirish 
usuli yordamida ham qilish mumkin. O’z shaxsiy yoki xizmat 
vazifalaringizni bilib olishga birmuncha vaqt ajrating. Ertangi 
kun faoliyatingizni rejalashtirib qo’yish uchun ishda muayyan 
soatlarni belgilab qo’ying. Bu faoliyat sizning shaxsiy 
maqsadlaringiz va butun kompaniyaning maqsadlariga qanday 
mos kelishini belgilang.
Jismoniy mashqlar 
Muntazam bajarib boriladigan mashqlar inson sog’lig’i uchun 
juda foydalidir. Ular salbiy energiyaning chiqib keimshm uchun 
imkon tug’diradi, umumiy jismoniy holatga qulay ta’sir 
ko’rsatadi.
Parhyez 
Davomli stress vitaminlar yetishmasligiga, organizmning 
zaiflashuviga, kasalliklarni kuchli Idrok qilishga shart-sharoit 
yaratishi mumkin. Bundan tashqari, stress vaqtida normal 
ovqatlanish rejimi buziladi, shuning uchun to’g’ri parhyezga 
amal qilish muhimdir.
Psixoterapiya 
Kasb mutaxassislari bilan intensiv ish olib borishda odatda 
ishlatiladigan texnikalar juda xilma-xildir.
Psixologik tahlil 
Bu psixoterapiyaning bir shakli bo’lib, unda normal bo’lmagan 
xulq-atvorning ongsiz asoslari tadqiq etiladi.
Meditasiya va 
bo’shashi 
Uzoq Sharqdan keltirilgan ko’p sonli misollar: meditasiya, yoga,
dzen-buddizm va boshqa usullarni qamrab oladi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin